#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjining navbatdagi gʻoliblari ham aniqlandi. Bu safar poytaxtliklar faol

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjiga 10-14-aprel kunlari oraligʻida ikki mingga yaqin videomateriallar kelib tushdi.

Chellenj gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash boʻyicha Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra bu safar quyidagi videoroliklar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin: Toshkent shahar Xadra mavzesida istiqomat qiluvchi Saidovlar xonadoni aʼzolari tomonidan yuborilgan videorolik. Rolikda ishtirok etgan Ubayda va Ruxsoraxonlar Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari, Komronbek esa bogʻcha tarbiyalanuvchisi;

Видео

2-oʻrin: Navoiy viloyati, Karmana tumani Islom Karimov koʻchasida istiqomat qiluvchi Xolmurodovlar oilasi;

3-oʻringa bu safar ham biryoʻla ikkita videorolik sazovor boʻldi. Bular – Toshkent shahar, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Faxriddinovlar oilasi hamda figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmir qizlar terma jamoasi. Jamoa aʼzolari:

Saliyeva Laziza – sport ustaligiga nomzod,

Svobodina Darya – sport ustaligiga nomzod,

Mezenseva Alena – sport ustaligiga nomzod,

Sulaymonova Amaliya – 1-toifali sportchi.

Ularning treneri – Ellita Ivanovna Avanesyan

Chellenjda 1-oʻrinni egallaganlar yugurish yoʻlakchasi, 2-oʻrin sohiblari velo trenajyor hamda 3-oʻrinni qoʻlga kiritganlar esa changʻi trenajyori bilan taqdirlanishadi.

Aziz yurtdoshlar, chellenjimiz davom etmoqda. Unda siz ham faol ishtirok eting hamda sovgʻalarni qoʻlga kiriting!

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz