Yangiliklar 4925

Tennis olamidan yangi yangiliklar: yangi chempionlar, kutilmagan gʻalabalar va reytingdagi oʻzgarishlar

2025-11-13 10:39:42 Dilmurod Shermatov ITF White Badge xalqaro hakamlik malakasini oldi
Milliy hakam Dilmurod Shermatov ITF Officiating xalqaro maktabida ta’lim va imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlab, White Badge malakasini qo‘lga kiritdi. White Badge nimani anglatadi White Badge Chair Umpire malakasi Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan nazariya va kortdagi amaliyot natijalariga ko‘ra beriladi va hakamga ITF xalqaro turnirlarida mos yo‘nalishda — Chair Umpire (bosh hakam, “vishkali” hakam) sifatida ishlash huquqini beradi. Bu ITF hakamlik karera pog‘onasining rasmiy bosqichi bo‘lib, keyingi darajalarga ko‘tarilish uchun bazadir. O‘zbekiston tennisi uchun ahamiyati Yana bir White Badge darajasidagi hakamning paydo bo‘lishi mamlakatning kadr salohiyatini kuchaytiradi, O‘zbekistonda turnirlar o‘tkazish sifati va standartlarini oshiradi hamda ITF va ATF xalqaro musobaqalarini ko‘proq qabul qilishga xizmat qiladi, boshqa mamlakatlar bilan almashinuv dasturini kuchaytiradi. So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda allaqachon ikki nafar hakam xalqaro toifani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi hakamlar korpusini tizimli rivojlantirishni davom ettiradi: milliy klinikalar, mentorlik dasturlarini o‘tkazadi va rasmiy shaxslarimizning xalqaro tayinlovlar olishi uchun ko‘maklashadi.  
  • O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-12 11:28:20 O‘zbekistonlik tennischilar Yaponiyada Australian Open Junior Championships saralash turnirida ishtirok etdi
O‘zbekistonning yosh tennischilari 10–14-noyabr kunlari Yaponiyaning Yokkaichi shahrida o‘tayotgan 2026 Dunlop Road to the Australian Open Junior Championships turnirida qatnashnoqda. Musobaqada tennischilar Australian Open Junior Championships 2026’ning nufuzli yoshlar turniri uchun wild card qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda. Unda Yaponiya, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Tailand, Pokiston, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, Iordaniya, Singapur va O‘zbekistondan sportchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 17 yoshgacha bo‘lgan toifada to‘rt nafar qiz va uch nafar yigit maydonga tushdi. Sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishib, ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Dunlop Road to the Australian Open turnirida qatnashish o‘zbekistonlik yosh tennischilari uchun muhim tajriba bo‘lib, Osiyoning eng kuchli o‘yinchilari tayyorgarligi darajasini baholash imkonini beradi. Bunday xalqaro startlar yosh tennischilarimizning rivojlanishiga xizmat qiladi va O‘zbekistonning jahon tennis maydonidagi mavqeini mustahkamlaydi.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-12 11:19:33 Andijonda ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro turniri boshlandi
Andijon kortlarida ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan xalqaro tennis turniri start oldi. Musobaqa 2025-yil 10–16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) ko‘magida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Turnir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Isroil, Buyuk Britaniya, Hindiston, Belarus, Ukraina va Rossiyadan kelgan yosh tennischilarni jamladi. Bu esa uni Markaziy Osiyoda tajriba almashish va o‘smirlar tennisini rivojlantirish uchun muhim maydonchaga aylantiradi. Turnirning asosiy to‘rida O‘zbekiston tennisining eng kuchli vakillari ishtirok etmoqda. O‘g‘il bolalar orasida kurashni quyidagilar davom ettirmoqda: Abdurahmon Karimov Amir Safaev Alan Zinatulin Alibek Atabayev Beksulton Vohidov Yusufbek Malikov Xamidjon Mansurov Qizlar orasida ikkinchi davrada quyidagi tennischilar ishtirok etmoqda: Samira Xazieva Nargzaxon Sabitova Emili Kim Muslimaxon Turdimurodova Bugun tennischilarimiz ikkinchi davra bahslarini o‘tkazib, chorak final yo‘llanmasi uchun kurashadi. J30 Andijan musobaqasining o‘tkazilishi ITF Juniors taqvimidagi muhim voqea bo‘lib, O‘zbekistonning mintaqada o‘smirlar tennisini rivojlantirish markazi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday musobaqalar yosh sportchilarga ITF reyting ochkolarini to‘plash, tayyorgarlik darajasini oshirish va kelajakdagi professional yutuqlar poydevorini yaratishda yordam beradi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-10 13:03:01 Zlata Nizamieva ATF 14&Under Aktobe G1 turnirida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik yosh tennischi Zlata Nizamieva 2025-yil 3–8-noyabr kunlari Qozog‘istonning Aqtobe shahrida o‘tgan ATF 14&Under Aktobe G1 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Nizamieva ishonchli o‘yin ko‘rsatib, juftlikda g‘oliblik va yakkalikda ikkinchi o‘rinni egallashga erishdi. Juftlik bahsi Zlata Qozog‘iston vakili Vlada Kuzmenko bilan duetda finalda Alari Adilbek va Akzere Yerimbet (Qozog‘iston) juftligini 7–2, 6–0 hisobida mag‘lub etib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahsi Yakkalik finalida Zlata qozog‘istonlik Mariya Gulya bilan uchrashib, 2–6, 2–6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va G1 toifadagi turnir vice-chempioni bo‘ldi. Ushbu natijalar O‘zbekistonning yosh tennischilari tayyorgarligi yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi hamda bolalar va o‘smirlar tennisini rivojlantirish yo‘lida O‘zbekiston tennis federatsiyasining tizimli ishlarining samarasi hisoblanadi.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-10 12:43:22 Sergey Fomin Bahrayndagi turnirda juftlik finalchisiga aylandi
Bahrayn poytaxti Manamada ITF M15 toifasidagi xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin mazkur musobaqaning juftlik bahslarida finalga chiqdi. Fomin rossiyalik Danil Golubev bilan birga ta’sirli “kambek” amalga oshirdi. Yarim finalda ular rossiyalik Timofey Derepasko va italiyalik Lorenzo Lorusso duetini irodali o‘yinda mag‘lub etishdi. Sergey va Danil bosh sovrin uchun finalda ispan Ivan Marrero va latviyalik Karlis Ozolins juftligiga qarshi kortga chiqdi. Fomin va Golubev g‘alabaga bir qadam qolganda raqiblariga 7–6, 2–6, 8–10 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Yakkalik bahslarida esa O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ispaniyalik Ivan Marrero Kurbeloga 2–6, 2–6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-08 13:55:25 Toshkentda yosh tennischilarni rivojlantirish bo‘yicha ITF seminari o‘tkaziladi
2025-yil 16–19-noyabr kunlari Toshkentda “Yosh tennischilarni rivojlantirish” mavzusida murabbiylar uchun yordamchi seminar bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri Amir Borgeyning ishchi tashrifi doirasida tashkil etiladi. Seminar boshlang‘ich bosqichdan tortib milliy o‘smirlar terma jamoalari darajasigacha bo‘lgan o‘yinchilar bilan ishlaydigan murabbiylarga mo‘ljallangan. Ishtirokchilar yosh sportchilarni tayyorlash, texnikani rivojlantirish va uzoq muddatli mashg‘ulot strategiyasini qurish bo‘yicha bilim va tajribalarini chuqurlashtirishlari mumkin. Ishtirok etish shartlari (imtihonlari muvaffaqiyatli topshirilgan bo‘lishi kerak):
  • Play Tennis va “10 yoshgacha Tennis”
  • Boshlang‘ich va o‘rta darajadagi o‘yinchilar bilan ishlovchi murabbiylar kursi
  • Ilg‘or darajadagi o‘yinchilar bilan ishlovchi murabbiylar kursi
Eslatma: o‘rinlar soni cheklangan — jami 24 nafar ishtirokchi. Seminar o‘qituvchilari: Amir Borgey — ITFning G‘arbiy va Markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish bo‘yicha ofitseri Igor Shelyakin — ITF mintaqaviy o‘qituvchisi, OTF (FTU) rivojlanish koordinatori Shahar tashqarisidan kelgan ishtirokchilarning yashash va ovqatlanish xarajatlari O‘zbekiston tennis federatsiyasi hisobidan qoplanadi. O‘tkazilish sanalari: 2025-yil 16–19-noyabr Manzil: Toshkent Aloqa: Igor Shelyakin — +998 91 163 26 08 Ushbu seminar murabbiylar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur rivojida navbatdagi qadam bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro tennis hamjamiyatidagi pozitsiyalarini yanada mustahkamlaydi.
Batafsil o’qish
2025-11-08 12:01:42 Saidaslam Farhodov Armanistondagi o‘smirlar turnirida juftlikda chempion, yakkalikda finalchi bo‘ldi
Armanistonning Tsaxkadzor shahrida Armaniston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan, “Karen Kuregiyan xotira kubogi” (3-kategoriya) xalqaro o‘smirlar turniri yakunlandi. O‘zbekiston vakili Saidaslam Farhodov yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi va yakkalikda ikkinchi o‘rinni egalladi. Juftlik bahsi Farhodov Qozog‘istonlik Nurislam Musa bilan duetda finalda belaruslik Arsey Barkou va rossiyalik Platon Gripich juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Yakkalik bahsi Yakkalik finalida Saidaslam belaruslik Arsey Barkouga qarshi maydonga tushdi va keskin kurashda 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir vitse-chempioni bo‘ldi. Ushbu natijalar O‘zbekistonning o‘smir tennischilari darajasi oshib borayotganini va yosh sportchilarni rivojlantirish yo‘lida O‘zbekiston tennis federatsiyasining samarali faoliyatini yana bir bor tasdiqlaydi.   O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-06 14:03:55 O‘zbekiston bayrog‘i ostida ikki yangi yulduz: Laima Vladson va Aleksandra Barmicheva rasmiy ravishda o‘zbek tennisi vakillariga aylandi
Ikki iqtidorli sportchi Laima Vladson va Aleksandra Barmicheva O‘zbekiston fuqaroligini oldi va endi xalqaro arenada mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Laima Vladson — O‘zbekiston professional tennisi yangi yuzi 18 yoshli tennischi Laima Vladson, ilgari Litva nomidan ishtirok etgan, ITF talqiniga ko‘ra dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh qizlari qatoriga kiradi va WTA jahon reytingida 887-o‘rinda turadi. U yoshligidan yuksak natijalar ko‘rsatib, Yevropaning eng istiqbolli sportchilari safida tilga olinadi. Shuningdek, u 2025-yil 9–15-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan W15 Tashkent Hayot Bank Cup professional turnirida yakkalikda g‘olib bo‘lgan. Vladsonning asosiy yutuqlari: • 7 ta ITF Juniors unvoni, jumladan J300 Porto Alegre (Braziliya), J300 Asunción (Paragvay) — 2025-yil; • Hayot Bank Cup W15 Tashkent (O‘zbekiston) — 2025-yil g‘olibi; • J200 Bratislava (Slovakiya) — 2024-yil, J100 Trnava (Slovakiya), J3 Tashkent (O‘zbekiston), J3 Ust-Kamenogorsk (Qozog‘iston) va J5 Fujairah (BAA), W15 Tashkent (O‘zbekiston) turnirlarida g‘alabalar; • ITF Junior reytingi — №10 (2025-yil oktabr). Laima kuchli birinchi zarbasi, barqaror texnikasi va kortdagi irodali o‘yini bilan tanilgan. Uning O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tishi mamlakatimiz pozitsiyalarini jahon tennisida yanada mustahkamlaydigan strategik qadamdir. Aleksandra Barmicheva — o‘zbek tennisi­ning yosh va istiqbolli sportchisi O‘zbekiston fuqarolik olgan yana bir tennischi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva — ITF W15 Tashkent 2025 turnirining eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi. 2010-yil 25-iyulda tug‘ilgan Aleksandra allaqachon xalqaro musobaqalarda ishonchli o‘yin namoyish etib, yuqori salohiyatini ko‘rsatmoqda. Barmichevaning asosiy yutuqlari: • J100 Vancouver (Kanada) — 2025-yil yakkalik chempioni; • J100 Cholpon-Ata (Qirg‘iziston) — juftlik chempioni Tatyana Golovina bilan. 2025-yilda Aleksandra kattalar turida debyut qildi va ITF W15 Tashkentda ishtirok etib, o‘z karerasida muhim qadam qo‘ydi.
“Bu biz uchun katta qadam. Laima Vladson va Aleksandra Barmicheva kabi sportchilarning paydo bo‘lishi O‘zbekistonda ayollar tennisini rivojlantirishga yangi turtki beradi. Ularning yutuqlari o‘sib kelayotgan avlod uchun ilhom manbaidir”, — deya ta’kidlashdi O‘zbekiston tennis federatsiyasida.
Bunday sportchilarning jalb etilishi O‘zbekistonning mintaqadagi tennis rivojlanish markazi sifatidagi jozibasi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Toshkent tobora ko‘proq juniorlardan tortib professional­largacha bo‘lgan yangi yulduzlar shakllanadigan maydonga aylanib bormoqda. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-02 13:02:11 W15 Tashkent: yakkalik yo‘nalishidagi unvon yana Darya Xomutyanskayada
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida ITF World Tennis Tour W15 Tashkent Hayot Bank Cup xalqaro turniri yakunlandi. Musobaqa 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Yakkalik finalida belaruslik Darya Xomutyanskaya rossiyalik Darya Egorovani 3–6, 6–2, 6–2 hisobida mag‘lub etib, yana chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. W15 Tashkent an’anaviy ravishda yosh sportchilar uchun o‘sish maydoni bo‘lib xizmat qiladi: ishtirokchilar ITF reyting ochkolarini qo‘lga kiritadi, xalqaro tajriba va ishonch to‘playdi. Turnir O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan ITF ko‘magida tashkil etildi. Turnirning bosh homiysi — Hayot Bank. Turnir homiylari — Montella, Pepsi. O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-02 12:35:39 Sergey Fomin Xitoydagi ITF M25 Qian Dao Hu turnirining absolyut chempioni bo‘ldi
Xitoyning Qian Dao Hu shahrida o‘tgan nufuzli ITF World Tennis Tour M25 Qian Dao Hu turnirida O‘zbekiston vakili Sergey Fomin yorqin natija ko‘rsatib, absolyut chempion — yakka hamda juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi. Yakka bahs finali Hal qiluvchi uchrashuvda Sergey Fomin (to‘rtinchi raqamli seviyali) belaruslik tennischi Mikalay Xalyakni 6:2, 6:1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Yo‘l-yo‘lakay Fomin turnirning birinchi raketkasi — xitoylik San Fay Zinni ham 6:3, 2:6, 6:4 hisobida taslim etib, butun musobaqa davomida xarakter va barqaror o‘yinni namoyish qildi. Juftlik bahsi Juftlik bahsida Fomin ispaniyalik Ignasi Forcano bilan birga harakat qildi va ular chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi. Finalda o‘zbek-ispan tandemi xitoylik juftlik Fay Zin Sun va Fnu Nidunzyantszanni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Turnir haqida ITF M25 Qian Dao Hu (2025-yil 27-oktabr — 2-noyabr; qoplama — xard; mukofot jamg‘armasi — 30 000 AQSH dollari) musobaqasi Xitoy, Belarus, Ispaniya, Yaponiya, Hindiston va O‘zbekistondan kuchli tennischilarni jamladi. Sergey Fominning chiqishi O‘zbekiston tennisi darajasining izchil o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-01 18:27:29 W15 Tashkent: yakka bahs finalchilari va juftlik finali g‘oliblari aniqlandi
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha o‘tkazilayotgan ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro turniri davom etmoqda. Musobaqa O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan ITF egidasida tashkil etilmoqda. Juftlik finali Juftlik bahslarida belaruslik Darya Xomutyanskaya va Kseniya Ersh g‘olib chiqdi. Ular finalda Qozog‘iston vakillari Asylzhan Arystanbekova va Ingkar Dussembay ustidan 7–5, 7–5 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yakka bahs yarim finali Yakka bahs finaliga belaruslik Darya Xomutyanskaya va rossiyalik Darya Yegorova yo‘l oldi. Xomutyanskaya hindistonlik raqibi Vaidihiya Chaudhari ustidan 6–4, 6–2 hisobida g‘alaba qozondi. Darya Yegorova esa Gonkong vakilasi Cheuk Ying Shekni 6–3, 7–6(3) hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi. Yakka bahsning hal qiluvchi uchrashuvi soat 11:00 da markaziy kortda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-01 18:15:15 Sergey Fomin Xitoydagi ITF M25 Qian Dao Hu turnirida finalga chiqdi
Xitoyning Qian Dao Hu’da 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha ITF World Tennis Tour M25 toifasidagi turnir davom etmoqda. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 30 000 AQSh dollarini tashkil etadi. O‘zbekiston vakili Sergey Fomin (turnirda 4-raqam ostida saralangan) musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida finalga yo‘l oldi. Yarim finalda o‘zbekistonlik tennischi turnirning 1-raqamli raketkasi, xitoylik San Fay Jin ustidan 6:3, 2:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Final bahsi 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Fomin belaruslik tennischi Mikalay Xalyak bilan uchrashadi. Sergey Fominning ITF M25 turniri finaliga chiqishi o‘zbek tennisi uchun muhim yutuq bo‘lib, uning Osiyo mintaqasining eng kuchli o‘yinchilari orasidagi barqaror pozitsiyasini tasdiqlaydi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-11-01 18:03:40 O‘zbekistonlik tennischilar ITF J60 Almaty turnirida yorqin natija ko‘rsatdi
Qozog‘istonda 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha o‘tayotgan ITF World Tennis Tour Juniors J60 Almaty xalqaro yoshlar turnirida O‘zbekiston vakillari yuqori tayyorgarlik va ishonchli o‘yinni namoyish etib, juftlik bahslarida yetakchi pozitsiyalarni egallashdi. Danila Kvasov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritib, finalda hamyurtlari Nikita Gafurov va Alan Zinatulinni 3–6, 7–6, [10–4] hisobida mag‘lub etishdi. Chempionlik yo‘lida Kvasov va Toshmuhamedov Qozog‘istonlik duet — Rodion Lukashov va Dias Tulepbergenovni 6–3, 6–3 hisobida taslim etib, butun turnir davomida barqarorlik va kuchli jamoaviy hamkorlikni namoyon qilishdi. A’lo natijani Akmal Abdullaev va uning rossiyalik hamkori Vadim Lyashenko ham qayd etishdi — ular yarim finalgacha yetib borib, hal qiluvchi kurashda o‘zbekistonlik Gafurov va Zinatulin juftligiga 6-4, 1-6, [10–7] hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘zbekistonlik sportchilarning bunday muvaffaqiyatli ishtiroki mamlakatda yoshlar tennisi rivoji va istiqbolli o‘yinchilarni xalqaro kortlarda ishonch bilan raqobatlashishga tayyorlash borasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining samarali ishlarini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-10-31 11:25:26 Sergey Fomin Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan ITF M25 turnirining yarim final bosqichiga chiqdi
Xitoyning Qian’daxu shahrida ITF M25 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Fomin chorak final bosqichida turnirning sakkizinchi raqamli tennischisi — malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong ustidan g‘alaba qozondi. Birinchi setni 0:6 hisobida boy berganiga qaramay, Sergey o‘yinga qayta kirishib, 6:2, 7:6(3) hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ertaga o‘zbekistonlik tennischi yarim finalda turnirning birinchi raketkasi, dunyoning 251-raqamli o‘yinchisi — xitoylik San Fay Jing bilan kuch sinashadi. Fomin va San o‘rtasidagi final yo‘llanmasi uchun bahs ertaga soat 07:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish
2025-10-30 20:17:23 O‘zbekistonlik tennischilar ITF W15 Tashkent turnirining juftlik bahslarida chorak finalga chiqishdi
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha bo‘lib o‘tayotgan ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turniri davom etmoqda. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamkorligida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekistonlik tennischilar Nigina Alimova va Maftunabonu Qahramonova turnirning juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l olishdi. Ular Darya Shubina (O‘zbekiston) va Anastasiya Krimkova (Qozog‘iston) duetini 4–6, 6–2, [10–5] hisobida mag‘lub etishdi.
  O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Batafsil o’qish

Video galereya

Qiziqarli intveryu va muhim lahzalar

Kortlar

Tennis klubi OOO Universal Tennis Plus

Telefon:

+998909390890

Manzil:

Shahar: Toshkent, Tuman: Yashnobod ko'chasi. Qorasu (sobiq Lisunova), 23 yosh

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi

Telefon:

+998712089496

Manzil:

Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod mahallasi, Yalangach massivi

"Matonat" sport majmuasi (Burevestnik)

Telefon:

+998935918169

Manzil:

Yunusobod tumani, Kiyot massivi, 88-uy

"JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuasi

Telefon:

+998712494839

Manzil:

100021, Toshkent, Beruniy shoh ko‘chasi, 3-uy

“Paxtakor-tennis” tennis klubi

Manzil:

Islom Karimov ko‘chasi, 98A

"Uchkun" sport majmuasi

Manzil:

Mayqo‘rg‘on ko‘chasi, 11A

"MVES" sport majmuasi

Manzil:

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 8A

“Yoshlik” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi

Telefon:

+998712689616

Manzil:

Oqqo‘rg‘on, 16, (sobiq “Start” stadioni), Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani

CSKA tennis kortlari

Telefon:

+998935646880

Manzil:

Mirzo Ulug'bek tumani "Saxat" mehmonxonasi

TENNIS.UZ


Sheriklar
va homiylar