#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge oilaviy sport chellenjining birinchi bosqich 22-26-aprel kungi gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi.

Tanlov natijalariga koʻra chellenjning 5-turida Toshkent shahridan Farmonqulovlar, Sirdaryo viloyati Guliston shahridan Toshmatovlar hamda Samarqand viloyati Narpay tumani, Oqtosh shahridan Rashidovlar oilalari sovrindorlar safidan joy olishdi.

Quyida chellenj gʻoliblariga sovgʻalarni topshirish holatlari aks etgan.

Foto: Farmonqulovlar oilasi (Toshkent sh/)

Foto: Rashidovlar oilasi (Samarqand vil.)

Foto: Tashmetovlar oilasi (Sirdaryo vil.)

Eslatib oʻtamiz, etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi bosqichi 28-aprel – 10-may kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Demak, sizda ham gʻolib boʻlish imkoni bor. Buning uchun uyda qolib sport bilan shugʻullaning va chellenjda ishtirok etib, gʻolib boʻling!

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz