Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan joylardagi tabiiy ofatlardan jabr chekkan sport inshootlariga yordam koʻrsatish uchun maxsus hisob raqami ochildi

Joriy yilning 27-aprel kuni Turkmaniston Respublikasi orqali Buxoro va Navoiy viloyatlariga kirib kelgan kuchli shamol va yomgʻir hamda 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat natijasida hududlarda joylashgan jismoniy tarbiya va sport obyektlariga ham jiddiy zarar yetdi. Ushbu talofatlar oqibatini bartaraf etish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qoʻshimcha homiylik va insonparvarlik yordamini jalb qilish maqsadida quyidagi maxsus hisob raqami ochilganligini maʼlum qilamiz:

8600 3808 7580 8647 GUP SPORT OBYEKTLARI

Joylarda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, yosh va iqtidorli sportchilarni kashf etishda oʻz hissasini qoʻshish istagini bildirgan yurtdoshlarimiz ushbu maxsus hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan insonparvarlik yordami koʻrsatishlari mumkin.

Aziz yurtdoshlar, bugungi mohi Ramazon kunlarida barchamiz birlashaylik! Tabiiy ofatlar natijasida jabr chekkan hududlarni yolgʻizlatib qoʻymaylik!

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz