Fotoreportaj: Evakuatsiya qilingan sardobaliklarning bir kuni qanday oʻtmoqda?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Sardoba suv ombori bilan yuz bergan baxtsiz hodisadan natijasida zarar koʻrgan hududlardan koʻchirilgan aholi salomatligi va ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida ular oʻrtasida turli sport turlari boʻyicha qiziqarli musobaqalar tashkil etilmoqda.

Aholi bilan bir nechta sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlganlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi. Quyida musobaqa jarayonlaridan fotogaleriyani eʼtiboringizga havola etamiz: