Tugʻilgan kun muborak

Bugun Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shadixodjayev Akromxodja Alixodjayevich 38 yoshga toʻldi.

Akromxodja Shadixodjayev 1982-yilning 14-may sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabni tugatgach, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat hamda magistratura yoʻnalishlarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1999-yilda “Oʻzbekinvesteksiminform” marketing agentligi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy banki” mutaxassisi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Moliya boʻlimi boshligʻi, Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, “AERO DINAMIK EXTRIM” masʼuliyati cheklangan jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Salomatlik-3” loyihalarni amalga oshirish markaziy byurosi Monitoring boʻlimi boshligʻi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2019-yildan hozirga qadar Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Akromxodja Shadixodjayevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilab qoladi.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz