{"id":11865,"date":"2025-06-12T03:22:40","date_gmt":"2025-06-12T00:22:40","guid":{"rendered":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/"},"modified":"2025-06-12T03:22:43","modified_gmt":"2025-06-12T00:22:43","slug":"aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag-ishlab-brifing-tashkil-etildi","status":"publish","type":"news","link":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag-ishlab-brifing-tashkil-etildi\/","title":{"rendered":"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi"},"content":{"rendered":"<p>Bugun, 3-aprel kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati boshlig\u02bbi Otabek Eshmamatov ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi. Ushbu brifing \u201cUzReport\u201c, \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c telekanallari va \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c radiokanali orqali efirga uzatildi.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:<\/strong>\u00a0Ma\u02bclumki, karantin tufayli sport ta\u02bclim muassasalarining ish faoliyati to\u02bbxtatildi va ularning qachondan ish boshlashi aniq emas. Shunday ekan, karantin davrida yosh sportchilarning ta\u02bclim jarayoni qanday kechadi?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a02020-yil 16-martdan boshlab O\u02bbzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug\u02bbi bilan tizimdagi barcha sport ta\u02bclim muassasalari noma\u02bclum muddatga yopildi. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF\u20135969-sonli \u201cKoronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta\u02bcsirini yumshatish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoniga muvofiq, Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug\u02bbi asosida tizimdagi sport ta\u02bclim muassasalarida masofaviy ta\u02bclim jarayonini tashkil etildi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, vazirlik tizimidagi O\u02bbzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo\u02bbyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida joriy yil 30-martdan boshlab barcha ta\u02bclim jarayonlari masofadan \u2013 uydan turib amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u02bbrinda raqamlarga e\u02bctibor qaratadigan bo\u02bblsak, ayni vaqtda O\u02bbzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kunduzgi va sirtqi yo\u02bbnalishlarni qo\u02bbshib hisoblaganda jami 7 160 nafar talaba tahsil olmoqda. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida 8 928 nafar o\u02bbquvchi, shuningdek Olimpiya va milliy sport turlari bo\u02bbyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida esa 3 364 nafar o\u02bbquvchi sport sohasidagi mahoratlarini oshirib kelmoqda. Vazirlik tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko\u02bbra, o\u02bbtgan qisqa vaqt mobaynida IOZMIlardagi 8 928 nafar o\u02bbquvchi-sportchidan 7 680 nafari masofaviy tarzdagi mashg\u02bbulotlarni o\u02bbzlashtirishgan, shulardan 7 245 nafari esa trener-o\u02bbqituvchilar tomonidan baholangan. Ammo 1 221 nafar yosh sportchi bilan bog\u02bblanishning imkoni bo\u02bblmadi. Bunga sabab qilib, o\u02bbsha sportchi istiqomat qiladigan hududda aloqa sifatining yomonligi yoki internet ishlamasligini ko\u02bbrsatish mumkin. Bu esa karantin davrida barcha korxona-tashkilotlarning o\u02bbzaro hamkorlikda ishlashi lozimligini anglatadi. Ba\u02bczi holatlarda esa o\u02bbquvchi-sportchilar telefon qo\u02bbng\u02bbiroqlariga javob berishmaganligini ham ta\u02bckidlash joiz.<\/p>\n<p>Olimpiya va milliy sport turlari bo\u02bbyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida tahsil olayotgan 3 364 nafar o\u02bbquvchidan 2 763 nafari berilgan mavzu va topshiriqlarni o\u02bbzlashtirgan. Ularga masofaviy tarzda mashg\u02bbulotlarni o\u02bbtish uchun 187 nafar trener-o\u02bbqituvchi jalb qilingan. Ortda qolgan davr mobaynida Olimpiya va milliy sport turlari bo\u02bbyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 603 nafar o\u02bbquvchisi bilan ham bog\u02bblana olinmagan.<\/p>\n<p>Shuningdek, har bir sport ta\u02bclim muassasasida o\u02bbquvchilar uchun amaliyot jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish choralarini ko\u02bbrish maqsadida o\u02bbquv rejasi ishlab chiqildi va trener-o\u02bbqituvchilar tomonidan o\u02bbzlariga biriktirilgan o\u02bbquvchilarga sport mashg\u02bbulotlari jadvalidan kelib chiqib, masofadan turgan holda har kunlik vazifalar berib borilmoqda va berilgan vazifa va normativlarning o\u02bbquvchilar tomonidan bajarilishi ham doimiy nazorat qilib boriladi.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:<\/strong>\u00a0O\u02bbzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabasiman. 2019-2020 o\u02bbquv yilining 2-semestr darslari qachondan davom ettirilib, qachon tugaydi? Qolaversa, karantin davrida talabalarga stipendiyalar to\u02bblanadimi?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a0O\u02bbzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun universitet professor-o\u02bbqituvchilari tomonidan bahorgi semestrda o\u02bbtiladigan fanlar bo\u02bbyicha elektron resurslar yaratildi va bu jarayon hamon davom etmoqda. Jumladan, universitetda mavjud kafedralarning ijtimoiy tarmoqlardagi, ya\u02bcni hozirgi kunda keng ommalashgan telegram messenjerida maxsus kanallari ochilib, ularga talabalar uchun bahorgi semestrda o\u02bbtiladigan fanlar bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar, chunonchi ma\u02bcruza matnlari, videomashg\u02bbulotlar, slaydlar va h.k. joylab borilmoqda. Mazkur ma\u02bclumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda @masofaviyta\u02bclimuzdjtsu telegram kanalida ham berib borilayapti.<\/p>\n<p>Shuningdek, universitetning o\u02bbquv-uslubiy bo\u02bblimi va kafedralari tomonidan talabalarni bahorgi semestrda o\u02bbqitiladigan fanlar bo\u02bbyicha masofaviy baholash hamda bitiruvchi bosqich talabalarining davlat imtihonlarini masofaviy o\u02bbtkazish mezonlari ishlab chiqildi va tez orada amaliyotga tatbiq etiladi.<\/p>\n<p>Karantin davrida O\u02bbzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalariga stipendiyalarni to\u02bblashda hech qanday muammo bo\u02bblmaydi. Talabalar karantin davrida stipendiyalarni to\u02bbliq olishadi.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:<\/strong>\u00a0Men bolalar va o\u02bbsmirlar sport maktabida trener-o\u02bbqituvchi bo\u02bblib ishlayman. Rejaga ko\u02bbra aprel oyida malaka oshirish kurslariga borishimiz kerak edi. Karantin davrida bu jarayon qanday kechadi yoki malaka oshirish kurslari keyinroqqa qoldiriladimi?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a0Ta\u02bckidlab o\u02bbtganimizdek, 2020-yil 16-martdan boshlab O\u02bbzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport ta\u02bclim muassasalarining ish faoliyati noma\u02bclum muddatga to\u02bbxtatilgandi. Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo\u02bbyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta\u02bcminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallarida ham o\u02bbquv jarayonlari to\u02bbxtatilib, masofaviy ta\u02bclim tizimiga o\u02bbtildi. Shu o\u02bbrinda ta\u02bckidlash kerak, 2020-yil mart oyida Jismoniy tarbiya va sport bo\u02bbyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta\u02bcminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallaridagi malaka oshirish kurslariga jami 1 224 nafar tinglovchi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shundan:<\/p>\n<p>76 nafari maktabgacha ta\u02bclim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari;<\/p>\n<p>498 nafari umumta\u02bclim muassasalari jismoniy tarbiya fani o\u02bbqituvchilari;<\/p>\n<p>18 nafari sport ta\u02bclim muassasalari rahbar o\u02bbrinbosarlari;<\/p>\n<p>20 nafari sport ta\u02bclim muassasalari instruktor-metodistlari;<\/p>\n<p>532 nafari sport ta\u02bclim muassasalarining trener-o\u02bbqituvchilari;<\/p>\n<p>36 nafari nodavlat tashkilotlarining trenerlari;<\/p>\n<p>29 nafari oliy ta\u02bclim muassasalari jismoniy tarbiya fani o\u02bbqituvchilari;<\/p>\n<p>15 nafari akademik litsey jismoniy tarbiya fani o\u02bbqituvchilaridir.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil<\/p>\n<p>16-martdagi 354-sonli buyrug\u02bbiga asosan mart oyida chaqirilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mashg\u02bbulotlar masofaviy ta\u02bclim \u2013<\/p>\n<p>masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasi shakliga o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasiga Malaka oshirish yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha namunaviy o\u02bbquv reja (6 ta) va dasturlari (6 ta), ishchi o\u02bbquv rejalari (6 ta) ishchi dasturlari (71 ta), modullar bo\u02bbyicha o\u02bbquv-uslubiy majmualar (71 ta) hamda 3000dan ortiq testdan iborat testlar banki joylashtirildi.<\/p>\n<p>Markazning sportedu.uz veb sayti hamda minsportmarkaz telegram kanaliga ham doimiy ravishda modullar bo\u02bbyicha o\u02bbquv-uslubiy majmualar joylashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Markaz tinglovchilarini masofadan turib ta\u02bclim olishlari uchun yana-da qulaylik yaratish maqsadida sportedu.uz veb saytida elektron kutubxona lib.sportedu.uz yaratildi. Kutubxonaga 200 dan ortiq adabiyotlar (darsliklar, o\u02bbquv qo\u02bbllanmalari, uslubiy qo\u02bbllanmalar, namunaviy dasturlar) joylashtirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, professor-o\u02bbqituvchilar tomonidan o\u02bbqitilayotgan fanlar bo\u02bbyicha tegishli mavzulardan video-darslar tayyorlanib, bosqichma-bosqich tayyorlangan video-darslar YouTube kanalidagi markazning SPORT MARKAZ ONLINE VIDEO DARSLAR sahifasiga joylashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun sportedu.uz veb sayti hamda masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasidan foydalanish bo\u02bbyicha yo\u02bbriqnoma Markazning minsportmarkaz telegram kanali orqali e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>2020-yil mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun kurs yakuni bo\u02bbyicha yakuniy attestatsiya, ya\u02bcni onlayn test sinovlari 2020-yil 1-3-aprel kunlariga rejalashtirilgan va hozirda bu jarayon davom etmoqda.<\/p>\n<p>Tinglovchilar onlayn test sinovlari dasturiga sportedu.uz veb sayti hamda minsport_markaz telegramm tarmog\u02bbi orqali ulanadi.<\/p>\n<p>Hozirda sport ta\u02bclim muassasalari rahbar o\u02bbrinbosarlari, instruktor-metodistlari va maktabgacha ta\u02bclim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari uchun yakuniy attestatsiya onlayn test shaklida o\u02bbtkazilmoqda.<\/p>\n<p>Malaka oshirish markazi va uning filiallariga 2020-yil aprel oyida malaka oshirish kurslariga jami 1166 nafar tinglovchi chaqirilishi belgilangan.<\/p>\n<p>Shundan:<\/p>\n<p>104 nafari maktabgacha ta\u02bclim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari;<\/p>\n<p>532 nafari umumta\u02bclim muassasalari jismoniy tarbiya fani o\u02bbqituvchilari;<\/p>\n<p>24 nafari sport ta\u02bclim muassasalari rahbar o\u02bbrinbosarlari;<\/p>\n<p>44 nafari sport ta\u02bclim muassasalari instruktor-metodistlari;<\/p>\n<p>436 nafari sport ta\u02bclim muassasalarining trener-o\u02bbqituvchilari;<\/p>\n<p>26 nafari oliy ta\u02bclim muassasalari jismoniy tarbiya fani o\u02bbqituvchilaridir.<\/p>\n<p>Lekin, mehnat kodeksining 166-moddasida ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar bandida ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish \u2013 malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo\u02bblish, tibbiy ko\u02bbrikdan o\u02bbtish va boshqa hollarda xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun to\u02bblanadigan kafolatli to\u02bblovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo\u02bbyiladi, lekin bu to\u02bblov miqdori o\u02bbrtacha ish haqidan kam bo\u02bblmasligi kerak deyilgan.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan jismoniy tarbiya bo\u02bbyicha mutaxassislarining masofaviy malakasini oshirish kurslari mutaxassislar mehnat ta\u02bctilidan qaytganidan so\u02bbng boshlanishini ma\u02bclum qilamiz.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:<\/strong>\u00a0\u201cNavro\u02bbz\u201d bayramiga bag\u02bbishlab joriy yil 22-mart kuni II Toshkent Xalqaro marafoni o\u02bbtkazilishi belgilangan edi. Ammo, yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi munosabati bilan e\u02bclon qilingan karantin sababli bu sport tadbiri qoldirildi. Uning qachon o\u02bbtkazilishi borasida ma\u02bclumot bersangiz. Qolaversa, marafonda qatnashish uchun amalga oshirgan to\u02bblovlarning taqdiri nima bo\u02bbladi?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a0Darhaqiqat, joriy yil 22-mart kuni poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro marafoni o\u02bbtkazilishi belgilangan edi. Bu borada O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ham qabul qilingan va mazkur sport anjumanini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha choralar ko\u02bbrilayotgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasining qisqa muddat ichida dunyo bo\u02bbylab keng tarqalishi natijasida II Toshkent Xalqaro marafoni joriy yilning 11-oktyabr sanasiga qoldirildi.<\/p>\n<p>Shu kungacha marafon poygalarida qatnashish uchun jami dunyoning 30dan ortiq davlatidan jami qariyb 2 000ga yaqin ishtirokchi ro\u02bbyxatdan o\u02bbtishgan. Shundan 210 kishi to\u02bbliq marafon, ya\u02bcni 42 km 195 metrga bo\u02bbladigan poygada qatnashish istagini bildirgan bo\u02bblsa, 680 nafar ishtirokchi yarim marafon, qolganlar esa<\/p>\n<p>3 km hamda 1,5 km masofaga ommaviy yugurish musobaqalarida qatnashish uchun buyurtma berishgan. Marafon musobaqalarida qatnashish uchun amalga oshirilgan to\u02bblovlarga kelsak. Musobaqa qoldirilgunga qadar taxminan 90 million so\u02bbm atrofida ishtirokchilar tomonidan badal puli to\u02bblangan bo\u02bblsa, ayni paytgacha shundan 18 million so\u02bbmdan ortiqrog\u02bbi o\u02bbz egalariga qaytarib berilgan. Shu o\u02bbrinda ta\u02bckidlash kerak, O\u02bbzbekiston yengil atletika federatsiyasi o\u02bbz rasmiy veb-sayti orqali e\u02bclon berib, II Toshkent Xalqaro marafonida qatnashish uchun to\u02bblov amalga oshirgan yurtdoshlarimizga federatsiyaga kelib, amalga oshirilgan to\u02bblovni qaytarish uchun hisob raqam, u plastik kartochka raqami yoki yuridik shaxs bo\u02bblsa hisob raqamini taqdim etishi yoki o\u02bbsha to\u02bblangan pul bilan joriy yil 11-oktyabrda o\u02bbtkaziladigan musobaqalarda qatnashishi mumkinligi haqida ma\u02bclumot bergan. Qolaversa, II Toshkent Xalqaro marafoniga doir batafsil ma\u02bclumotlarni <a href=\"http:\/\/www.uzmarathon.uz\">www.uzmarathon.uz<\/a> sayti orqali olishingiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:<\/strong>\u00a0Tokio-2020 Olimpiya o\u02bbyinlari bir yilga kechiktirildi. Bu o\u02bbzbek sporti uchun ijobiy holatmi yoki salbiy?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a0Hammaga ma\u02bclumki, sportchilar ham, keng jamoatchilik ham joriy yil 24-iyuldan 9-avgustiga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo\u02bblib o\u02bbtishi kutilayotgan Olimpiya o\u02bbyinlarini intiqlik bilan kutayotgan edi. Ammo, bugungi kundagi vaziyat nufuzli musobaqaning o\u02bbz vaqtida o\u02bbtkazilishiga to\u02bbsqinlik qildi. Sababi, koronavirus epidemiyadan pandemiyaga aylanib butun dunyoni qamrab oldi. Bu esa Olimpiya o\u02bbyinlarini boshqa davlatda o\u02bbtkazish imkoniyatini ham yo\u02bbqqa chiqardi. Shu boisdan Xalqaro Olimpiya qo\u02bbmitasi va Yaponiya hukumati o\u02bbzaro kelishgan holda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o\u02bbyinlarini 2021-yilning yozida o\u02bbtkazishga qaror qilishdi.<\/p>\n<p>Olimpiya o\u02bbyinlarining qoldirilishi nafaqat O\u02bbzbekiston, balki butun dunyo sportchilari uchun ijobiy hol, deyish mumkin. Sababi, koronavirus pandemiyasi sabab ko\u02bbplab litsenzion turnirlarning o\u02bbtkazilish sanasi o\u02bbzgartirildi yoki musobaqa butunlay bekor qilindi. Bekor qilingan litsenzion turnirlar esa sportchilarda norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin edi. Boisi musobaqa o\u02bbtkazilmasa Olimpiya o\u02bbyinlari uchun litsenziyalar sportchilarning avvalgi natijalariga qarab bo\u02bblib berilardi. Bu esa adolat tamoyilining buzilishiga olib keladi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonlik sportchilar ham belgilangan litsenziyalarni to\u02bbliq qo\u02bblga kiritib ulgurishmagan edi. Misol uchun, hattoki bokschilarimiz ham 7 ta yo\u02bbllanmani naqd qilishgan va biz to\u02bbliq tarkib bilan qatnasha olmasdik. Bu esa natijalarga o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmay qolmasdi. Qisqa qilib aytganda Olimpiya o\u02bbyinlarining qoldirilishi \u2013 sportchilarning yetarli darajada tayyorgarlik ko\u02bbrishlari uchun qo\u02bbshimcha vaqt va imkoniyat degani. Ular yana-da tajribaliroq bo\u02bblib nufuzli turnirga borishadi.<\/p>\n<p><strong>SAVOL:\u00a0<\/strong>Karantin davrida sportchilarning jismoniy holati pasayib ketishi mumkin. Bu esa ularning natijalariga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Buning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?<\/p>\n<p><strong>JAVOB:<\/strong>\u00a0To\u02bbg\u02bbri, Tokio Olimpiadasi 2021-yilga qoldirildi. Biroq, Olimpiada o\u02bbyinlarining qoldirilishi sport hayoti ham to\u02bbxtadi, degani emas. Garchi, to\u02bbrt yillikning eng nufuzli musobaqasi kechiktirilgan bo\u02bblsa-da, sport turlari bo\u02bbyicha jahon va qit\u02bca chempionatlari, Xalqaro gran-pri turnirlari, qolaversa litsenzion musobaqalar vaqti-soati bilan yana davom ettiriladi. Shunday ekan, mashg\u02bbulotlar ham davom etadi.<\/p>\n<p>Olimpiya sport turlari bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston milliy terma jamoalari a\u02bczolari uchun tashkil etiladigan barcha o\u02bbquv-mashg\u02bbulot yig\u02bbinlari rasman 25-martdan vaqtincha to\u02bbxtatildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo\u02bbylab karantin rejimi amal qilayotgan bo\u02bblsa ham bu sportchilarimizni to\u02bbxtatib qolayotgani yo\u02bbq. Har bir sport turi bo\u02bbyicha atletlarimiz uy sharoitida muntazam mashg\u02bbulotlar olib borishmoqda. Ularning mashg\u02bbulotlarni olib borish jarayoni \u201cTezkor shtab\u201d tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda.<\/p>\n<p>6-aprel Butunjahon Sport kuniga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan millatlar tashkiloti bilan hamkorlikda chelenj e\u02bclon qiladi. \u201c#hayotga qo\u02bbshil\u201c, \u201c#oilang bilan sport bilan shug\u02bbullan\u201c. Maqsad: uyda oilaviy sport bilan shug\u02bbullanishni targ\u02bbib qilish, sport orqali immunitetni ko\u02bbtarish, salomatlikni targ\u02bbib qilish. Chelenjda ko\u02bbp layk olganlar 20 kundan keyin taqdirlanadi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi orqali Madaniyat vazirligi va mashhur sportchi va artistlarni, qo\u02bbshiqchilarni va vazirlik idora rahbarlarini ishtirok qilishini so\u02bbrash va o\u02bbzlarining sahifalarida yoritish.<\/p>\n<p>Sportchilar artistlar ishtirokida Instagram va faysbukda katta chiqish qilish. Shunda boshqa aholi qatlami xam qo\u02bbshiladi. G\u02bboliblarga sport inventarlari, yugurish yo\u02bblakchasi velosiped va boshqa shunga o\u02bbxshash sovrinlar taqdim qilinadi.<\/p>\n<p><strong>Jismoniy tarbiya va sport vazirligi<br \/>\nMatbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p>\u0421\u043e\u043e\u0431\u0449\u0430\u0435\u0442 \u043e\u0444\u0438\u0446\u0438\u0430\u043b\u044c\u043d\u044b\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442 \u041c\u0438\u043d\u0438\u0441\u0442\u0435\u0440\u0441\u0442\u0432\u0430 \u0444\u0438\u0437\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u043e\u0439 \u043a\u0443\u043b\u044c\u0442\u0443\u0440\u044b \u0438 \u0441\u043f\u043e\u0440\u0442\u0430\u00a0&#8212;<a href=\"https:\/\/minsport.uz\/\"><strong>\u00a0www.minsport.uz<\/strong><\/a><\/p>\n","protected":false},"featured_media":11866,"template":"","meta":{"_acf_changed":false,"inline_featured_image":false},"class_list":["post-11865","news","type-news","status-publish","has-post-thumbnail","hentry"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v27.2 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi - UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag\u02bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"ru_RU\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bugun, 3-aprel kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati boshlig\u02bbi Otabek Eshmamatov ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi. Ushbu brifing \u201cUzReport\u201c, \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c telekanallari va \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c radiokanali orqali efirga uzatildi. SAVOL:\u00a0Ma\u02bclumki, karantin tufayli sport ta\u02bclim muassasalarining ish faoliyati to\u02bbxtatildi va ularning qachondan ish boshlashi aniq emas. [&hellip;]\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag\u02bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"tennis\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-06-12T00:22:43+00:00\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"\u041f\u0440\u0438\u043c\u0435\u0440\u043d\u043e\u0435 \u0432\u0440\u0435\u043c\u044f \u0434\u043b\u044f \u0447\u0442\u0435\u043d\u0438\u044f\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"10 \u043c\u0438\u043d\u0443\u0442\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/\",\"name\":\"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg\",\"datePublished\":\"2025-06-12T00:22:40+00:00\",\"dateModified\":\"2025-06-12T00:22:43+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg\",\"width\":900,\"height\":505},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/tennis.uz\/ru\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Yangiliklar\",\"item\":\"https:\/\/tennis.uz\/en\/news\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":3,\"name\":\"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/\",\"name\":\"tennis\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/tennis.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"ru-RU\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi - UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag\u02bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/","og_locale":"ru_RU","og_type":"article","og_title":"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi","og_description":"Bugun, 3-aprel kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati boshlig\u02bbi Otabek Eshmamatov ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi. Ushbu brifing \u201cUzReport\u201c, \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c telekanallari va \u201cO\u02bbzbekiston 24\u201c radiokanali orqali efirga uzatildi. SAVOL:\u00a0Ma\u02bclumki, karantin tufayli sport ta\u02bclim muassasalarining ish faoliyati to\u02bbxtatildi va ularning qachondan ish boshlashi aniq emas. [&hellip;]","og_url":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag\u02bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/","og_site_name":"tennis","article_modified_time":"2025-06-12T00:22:43+00:00","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"\u041f\u0440\u0438\u043c\u0435\u0440\u043d\u043e\u0435 \u0432\u0440\u0435\u043c\u044f \u0434\u043b\u044f \u0447\u0442\u0435\u043d\u0438\u044f":"10 \u043c\u0438\u043d\u0443\u0442"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/","url":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/","name":"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg","datePublished":"2025-06-12T00:22:40+00:00","dateModified":"2025-06-12T00:22:43+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"ru-RU","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"ru-RU","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#primaryimage","url":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg","contentUrl":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/photo_2020-04-03_15-34-52_0.jpg","width":900,"height":505},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/aokada-koronavirusga-qarshi-kurash-mavzusiga-bag%ca%bbishlab-brifing-tashkil-etildi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Yangiliklar","item":"https:\/\/tennis.uz\/en\/news\/"},{"@type":"ListItem","position":3,"name":"AOKAda koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag\u02bbishlab brifing tashkil etildi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/tennis.uz\/#website","url":"https:\/\/tennis.uz\/","name":"tennis","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/tennis.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"ru-RU"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/news\/11865","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/news"}],"about":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/news"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11866"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11865"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}