{"id":12835,"date":"2025-06-12T10:19:56","date_gmt":"2025-06-12T07:19:56","guid":{"rendered":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/"},"modified":"2025-06-12T10:19:59","modified_gmt":"2025-06-12T07:19:59","slug":"ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli","status":"publish","type":"news","link":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/","title":{"rendered":"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li"},"content":{"rendered":"<p>Ingliz nashri &#8212; badlefthook.com sayti O\u2018zbekiston terma jamoasi a\u2019zosi, professional boksda ikki yo\u2018nalish chempioni Murodjon Ahmadaliyev haqida katta maqola tayyorladi. Ushbu maqolani\u00a0<a href=\"https:\/\/olamsport.com\/\">olamsport.com<\/a>\u00a0sayti jurnalisti o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etmoqda.<\/p>\n<p><strong>Ikkita singan oyoq, boksning sirli usullari va Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik yo\u2018li haqida<\/strong><\/p>\n<p>&#171;Menga endi xech qachon yura olmasligimni, endi boks tusha olmasligimni aytishgandi&#187;, &#8212; deydi Murodjon Ahmadaliyev tarjimoni Alik Frolov orqali. &#171;MJ&#187; bolaligi, qiyinchiliklar haqida gapirayotganida uning ovozidan his-hayajon sezilib turardi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilning aprel oyida DAZN va Matchroom Boxing bilan shartnoma imzolanganidan so\u2018ng bokschining faoliyatida portlash yuzaga keldi. Joyel Dias qo\u2018l ostidagi 25 yoshli sportchi professional boksdagi sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo\u2018lga kiritdi. Janglarning so\u2018ngida u yanvar oyida Daniyel Romanni mag\u2018lub etdi.<\/p>\n<p>Ushbu muvaffaqiyatlar o\u2018z-o\u2018zidan bo\u2018lib qolgani yo\u2018q. Murodjon bungacha qattiq mehnat qildi.<\/p>\n<p>9 yoshida u &#171;uy bolasi&#187; sifatida otasiga, oilasiga yordamlashardi. Ota-ona, ikkita opasi bilan O\u2018zbekistonning Namangan viloyatida yashaydigan Murodjnning maqsadlari yuqori edi.<\/p>\n<p>&#171;Bizda deyarli xech narsa yo\u2018q edi&#187;, &#8212; deydi Kaka. &#171;Kaka&#187; &#8212; uning laqabi. Murodjon yoshligida futbolni, jumladan braziliyalik pleymeykerning o\u2018yinlarini yaxshi ko\u2018rardi va uning futbolkasini kiyib yurardi.<\/p>\n<p>&#171;Men qo\u2018limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyor edim. Vaqtida yozda parkda ishlaganman. U yerga tashrif buyuruvchilar suratga tushishardi. Mening ishim kim surat olsa, ularni tezda ishlab, egalariga topshirishdan iborat edi. Parkda menga raqobatchilar ham bor edi, shuning uchun mendan bu ishni qilishda tezkorlik talab etilardi.<\/p>\n<p>Murodjon suratlarni tayyorlash uchun uch mil (4 kilometrdan ortiqroq &#8212; izoh bizniki) yugurardi, qaytishda yana shuncha masofani bosib o\u2018tardi. Raqobatchilarda alternativ transport vositasi bo\u2018lsada, u tezroq harakat qilardi.<\/p>\n<p>&#171;Xodimlar meni yaxshi ko\u2018rishardi, shuning uchun har yozda parkdagi eng yaxshi ishlardan birini berishardi&#187;, &#8212; deydi Murodjon.<\/p>\n<p>Maosh kuniga deyarli ikki dollarni tashkil etar, Murodjon esa yangi krossovka sotib olish uchun bir hafta davomida pullarni yig\u2018ib borardi.<\/p>\n<p>Bu vaqtda sportchi futbolni sevardi. Lekin, uning yaqin do\u2018sti boksga qatnashni boshlaganidan so\u2018ng &#171;MJ&#187; ham u bilan birga yangi sport turiga mehr qo\u2018ya boshladi. Kichkina, ozg\u2018in, yetarli vazn toifasiga ega bo\u2018lmagan Murodjon musobaqalarda qatnashishi uchun 11 yoshga to\u2018lishi kerak edi. Ana shundan so\u2018ng u rasman turnirlarda qatnashish imkoniga ega bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>Kunlardan bir kuni yo\u2018lda Murodjonni mashina urib ketadi va qahramonimizning oyog\u2018i sinadi.<\/p>\n<p>&#171;Menejerning jahli chiqdi. U tez yordam chaqirdi va meni kasalxonaga olib borishdi. Men ishimni yo\u2018qota olmasdim. U yerga borganimda shifokorlar jarohatimni gapirib berishdi va tuzalib ketishim uchun sakkiz oy kerakligini aytishdi.<\/p>\n<p>Men o\u2018sha payt ilojsiz edim, lekin yana boksga, eng asosiysi ishimga qayta olishimga ishonardim&#187;, &#8212; deydi u.<\/p>\n<p>Oradan sakkiz oy o\u2018tdi va oila a\u2019zolar hamda shifokorlarning aytishiga qaramay, Murodjon boks zaliga qaytdi.<\/p>\n<p>&#171;Men kechki payt soat 5 gacha ishlab, sekin boks zaliga ketardim. Oyim ishga ketayotganimda menga non va choy berib yuborardilar. Men esa ularni mashg\u2018ulotlarga ham kuchim yetishi uchun ishdan so\u2018ng yerdim. Uyga soat 7 da kirib borardim. Bunday holat yarim yil, ya\u2019ni uydagilar bundan xabardor bo\u2018lib qolishgunicha davom etdi. Bundan ularning jahli chiqdi. Lekin boks zalidagi murabbiyim bilan gaplashganidan so\u2018ng, ular menda iste\u2019dod borligini tushunib yetishdi.<\/p>\n<p>Men jarohatlardan qutuldim. Ammo, ikki yildan so\u2018ng oyoq harakatlaridagi muammoga duch keldim. Men bunday holatda raqibimdan tezkorroq harakat qila olmasligimni tushunib yetdim, shuning uchun zarbalarga chap berib qolish evaziga ustunlik qilish mumkinligini o\u2018rgandim. O\u2018ylaymanki, bu menga professional sifatida yordam berdi&#187;.<\/p>\n<p>Jarohat bir necha yildan so\u2018ng yana Ahmadaliyevga halal bera boshladi. Unga 15 yoshida ikkinchi marotaba boksni tashlash maslahati berildi. Lekin u tibbiyot hodimlarining gaplariga e\u2019tibor bermasdi.<\/p>\n<p>&#171;Bunday omadsizliklar menga yordam berdi. Men doim kichkina va kuchsiz bo\u2018lganim uchun, menda imkoniyat berilavermasdi. Lekin men taslim bo\u2018lmasdim va o\u2018zimga to\u2018liq ishonardim.<\/p>\n<p>Singan burun, singan umurtqa va singan musht Ahmadaliyevning porlab chiqishi uchun tayanch bo\u2018ldi. Uni xech qanday og\u2018riq to\u2018xtatib qola olmasdi.<\/p>\n<\/p>\n<p>Tez orada Murodjon havaskor boksda muvaffaqiyatlarga erisha boshladi: u 2012 yili yoshlar o\u2018rtasidagi jahon chempionatida kumush medal qo\u2018lga kiritdi, keyin esa kattalar o\u2018rtasidagi jahon chempionatining kumush medali, Rio Olimpiadasining bronzasi&#8230; O\u2018zbek sportchilarning yangi avlodi bo\u2018lgan Ahmadaliyev muvaffaqiyatni jamoadagi birdamlik bilan bog\u2018laydi.<\/p>\n<p>&#171;Barchasi orginallardan boshlangandi&#187;, &#8212; deydi u O\u2018zbekiston bokschilari haqida gapirar ekan. &#171;Ular havaskor boksdagi muvaffaqiyatlardan so\u2018ng O\u2018zbekistonda mashhurlikka erishishdi. Abbos Atoyev, Rustam Saidov, Elshod Rasulov va boshqalar. Men ularga intilardim.<\/p>\n<p>Bizda shuningdek Sobiq Ittifoq maktabini ko\u2018rgan yuqori saviyadagi murabbiylar bor edi&#187;.<\/p>\n<p>U shuningdek terma jamoadagi do\u2018stlarini ham hurmat qilishini ta\u2019kidladi. &#171;Biz juda yaxshi do\u2018stlar edik. Bu juda muhim. Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov. Jamoada bizni muvaffaqiyat sari yetaklayotgan sog\u2018lom raqobat bor edi.<\/p>\n<p>&#171;MJ&#187; professional boksga tezda moslashdi. Sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo\u2018lga kiritib, Leon Spinksni rekordini takrorlash ajoyib natija bo\u2018ldi. Ammo, bu tarix endi boshlanayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&#171;Eng yaxshilari men uchun hali oldinda. Menga DAZN va Matchroom Boxing tomonidan ishonch bildirildi va men ham ularga ishonaman&#187;.<\/p>\n<p>Chempion IBF yo\u2018nalishidagi da\u2019vogar Riosuke Ivasa bilan jang qilishi kerak. Ammo, u WBO yo\u2018nalishi chempioni Emmanuel Navarrete bilan ham to\u2018qnash kelish istagida.<\/p>\n<p>&#171;Bu ajoyib bo\u2018lardi, chunki bizning uslublarimiz o\u2018xshash. Biz bunga yetib kelmoqdamiz. Men Roman ustidan qozonilgan g\u2018alabadan so\u2018ng katta tajriba to\u2018pladim va mehnat qilishda davom etyapman&#187;.<\/p>\n<p>Hozircha 126 yoki 130 funt divizioniga ko\u2018tarilish haqida gap-so\u2018zlar yo\u2018q. Lekin, Ahmadaliyev o\u2018z kumiri Menni Pakyao yo\u2018lidan borishga ahd qilgan.<\/p>\n<p>&#171;Avvaliga 122 funtda mutloq chempion bo\u2018lmoqchiman. Keyin ko\u2018ramiz. Men hozir ushbu vaznda o\u2018zimni yaxshi his qilyapman. Kelajakda balki boshqa vaznga o\u2018tarman.<\/p>\n<p>Hozir menga ishonmaganlarga qarab, &#171;Men senga aytgandimku!&#187; deyman&#187;, &#8212; deydi Ahmadaliyev g\u2018urur bilan.<\/p>\n<p>Yakunda esa shunday deb qo\u2018shimcha qiladi:<\/p>\n<p>&#171;Men ko\u2018p gapirishni yoqtirmayman. Oldinda turgan yillar davomida kim eng zo\u2018ri ekanligini ring ko\u2018rsatadi&#187;.<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n","protected":false},"featured_media":12836,"template":"","meta":{"_acf_changed":false,"inline_featured_image":false},"class_list":["post-12835","news","type-news","status-publish","has-post-thumbnail","hentry"],"acf":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v27.2 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li - UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"ru_RU\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ingliz nashri &#8212; badlefthook.com sayti O\u2018zbekiston terma jamoasi a\u2019zosi, professional boksda ikki yo\u2018nalish chempioni Murodjon Ahmadaliyev haqida katta maqola tayyorladi. Ushbu maqolani\u00a0olamsport.com\u00a0sayti jurnalisti o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etmoqda. Ikkita singan oyoq, boksning sirli usullari va Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik yo\u2018li haqida &#171;Menga endi xech qachon yura olmasligimni, endi boks tusha olmasligimni aytishgandi&#187;, &#8212; deydi [&hellip;]\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"tennis\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-06-12T07:19:59+00:00\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"\u041f\u0440\u0438\u043c\u0435\u0440\u043d\u043e\u0435 \u0432\u0440\u0435\u043c\u044f \u0434\u043b\u044f \u0447\u0442\u0435\u043d\u0438\u044f\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"5 \u043c\u0438\u043d\u0443\u0442\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/\",\"name\":\"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg\",\"datePublished\":\"2025-06-12T07:19:56+00:00\",\"dateModified\":\"2025-06-12T07:19:59+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"ru-RU\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg\",\"width\":900,\"height\":600},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/tennis.uz\/ru\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Yangiliklar\",\"item\":\"https:\/\/tennis.uz\/en\/news\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":3,\"name\":\"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/tennis.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/tennis.uz\/\",\"name\":\"tennis\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/tennis.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"ru-RU\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li - UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/","og_locale":"ru_RU","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li","og_description":"Ingliz nashri &#8212; badlefthook.com sayti O\u2018zbekiston terma jamoasi a\u2019zosi, professional boksda ikki yo\u2018nalish chempioni Murodjon Ahmadaliyev haqida katta maqola tayyorladi. Ushbu maqolani\u00a0olamsport.com\u00a0sayti jurnalisti o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etmoqda. Ikkita singan oyoq, boksning sirli usullari va Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik yo\u2018li haqida &#171;Menga endi xech qachon yura olmasligimni, endi boks tusha olmasligimni aytishgandi&#187;, &#8212; deydi [&hellip;]","og_url":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/","og_site_name":"tennis","article_modified_time":"2025-06-12T07:19:59+00:00","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"\u041f\u0440\u0438\u043c\u0435\u0440\u043d\u043e\u0435 \u0432\u0440\u0435\u043c\u044f \u0434\u043b\u044f \u0447\u0442\u0435\u043d\u0438\u044f":"5 \u043c\u0438\u043d\u0443\u0442"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/","url":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/","name":"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li","isPartOf":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg","datePublished":"2025-06-12T07:19:56+00:00","dateModified":"2025-06-12T07:19:59+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#breadcrumb"},"inLanguage":"ru-RU","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"ru-RU","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#primaryimage","url":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg","contentUrl":"https:\/\/tennis.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/1197853701.jpg.0.jpg","width":900,"height":600},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/tennis.uz\/news\/ozbek-bokschisi-ingliz-nashri-nigohida-murodjon-ahmadaliyevning-chempionlik-sari-yoli\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Yangiliklar","item":"https:\/\/tennis.uz\/en\/news\/"},{"@type":"ListItem","position":3,"name":"O\u2018zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik sari yo\u2018li"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/tennis.uz\/#website","url":"https:\/\/tennis.uz\/","name":"tennis","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/tennis.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"ru-RU"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/news\/12835","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/news"}],"about":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/news"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12836"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tennis.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12835"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}