#uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjida bu safar kimlar gʻolib boʻlishdi?

Yurtdoshlarimiz orasida katta qiziqish uygʻotgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham qizgʻin davom etmoqda. Bugun ushbu tanlovning ikkinchi fasl 1-turiga yakun yasaldi.

28-apreldan 3-maygacha davom etgan chellenjning 1-turiga yurtdoshlarimiz tomonidan mingga yaqin videomaterial kelib tushdi. Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, tanlovda bu safar gʻoliblar quyidagicha koʻrinish oldi:

1-oʻrin: Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Uzakbergenovlar oilasi;

2-oʻrin: Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi Hotamqulovlar oilasi;

3-oʻringa biryoʻla ikkita videorolik loyiq koʻrildi. Bularning dastlabkisi Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi aʼzosi, qashqadaryolik Ubaydullo Imomqulov bo'ldi.

Сhellenjda oʻziga xos yondashuv bilan qatnashgan Namangan shahar 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi jamoasi ham 3-o'ringa loyiq ko'rildi.

Aziz yurtdoshlar, #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli yakun topishiga sanoqli kunlar qoldi. Shunday ekan, tanlovda ishtirok etishga shoshiling. Axir karantinda sovgʻa olish naqadar yoqimli.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz