Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida doktorlik dissertatsiyalari himoyasi onlayn shaklda oʻtkazilmoqda

Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabayev, Ilmiy kengash aʼzolari, talabgorlar hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab Ishtayev Dilshod Ravshanbekovichning “11-13 yoshli gimnastikachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida mashgʻulot yuklamasini boshqarish uslubiyati” mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Shundan keyin Xudayberdiyeva Nodira Abduyakubovnaning “Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi karantin talablari va tegishli nizom tartib-qoidalariga muvofiq ravishda oʻtkazildi.

Taʼkidlash kerak, karantin davrida boshqa pedagoglarning ilmiy ishlari himoyasi ham onlayn tarzda tashkil etiladi.