Oʻzbekiston boks federatsiyasi maxsus tanlov eʼlon qiladi

Karantin vaqtida zerikdingizmi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Siz oʻzbek bokschi va murabbiylari haqida ajoyib sheʼriy misralarni taqdim eting va Oʻzbekiston boks federatsiyasining maxsus sovgʻasi egasiga aylaning.

Siz sheʼrni chiroyli tarzda oʻqib bering va videoni Instagram hamda Feysbukdagi sahifangizga #boxinguzbekistan xeshtegi bilan joylashtiring! Instagramga qoʻyilgan videoda @boxinguzbekistan_official akkauntini belgilab qoʻying! Tanlov vaqtida profilingiz ochiq boʻlishi shart.

Eng yaxshi 3 ta oʻrinni egallaganlar Oʻzbekiston boks federatsiyasining maxsus komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Tanlovda gʻolib va sovrindor boʻlganlarga:

  • “BUKA BOXING” kompaniyasining sport ekipirovkalari toʻplami (full);
  • Olimpiada chempionlarining dastxati tushirilgan qoʻlqoplar;
  • Esdalik uchun medal va diplomlar taqdim etiladi!

Ushbu tanlov joriy yilning 31-mayiga qadar davom etadi. 

Darvoqe, siz yozgan eng yaxshi sheʼrlar biz nashr qiladigan maxsus kitobidan ham oʻrin oladi va siz tarixda qolasiz!

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz