Sport taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari karantin davrida mashgʻulotlarni toʻxtatishgani yoʻq

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli barcha sport taʼlim muassasalarida karantin sabab, sportchi-oʻquvchilar uylaridan turib, trenerlari tomonidan berilayotgan yuklamalarni bajarishmoqda. Xususan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham uy sharoitida masofa orqali ustozlari koʻrsatmalariga amal qilib, mashgʻulotlarga zoʻr berishgan.

Ayni paytda Chiroqchi tumanidagi mazkur BOʻSMda 2 526 nafar oʻgʻil-qizga 60 nafar trener sport sirlarini oʻrgatib kelmoqda.

Karantinning ilk kunlarida 1-BOʻSM direktori Farhod Jumanov boshchiligidagi mehnat jamoasi bir kunlik ish haqlarini xayriya tadbiri uchun ajratishdi. Bundan tashqari BOʻSM jamoasi tumandagi bir qator mahallalarda, tuman markaziy dehqon bozorida, tibbiyot birlashmasida 5 000 donadan ortiq tibbiyot niqoblarini aholiga bepul tarqatdilar.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz