Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizim tashkilotlarining holatini yanada yaxshilashga eʼtibor qaratmoqda

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasalarining bugungi holatini oʻrganish va sport inshootlarining karantin davridan keyin sportchilarning foydalanishlari uchun shay holatga keltirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun, 7-may kuni boshqarma boshligʻi Komiljon Adilov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan karantin davrida ish faoliyatini yana-da samarali yoʻlga qoʻyish borasidagi ishlar va tumanda joylashgan sport maktablarining holati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tizim muassasalari atrofini yana-da obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha olib borilayotgan say-harakatlar ham oʻrganildi va bu borada mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shu kunning oʻzida Ohangaron tumanida yashayotgan Ikkinchi jahon urushi vaqtida frontda va front ortida yuksak jasorat koʻrsatgan faxriylar holidan ham xabar olindi.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта - www.minsport.uz