Master class in Navoi.
Navoiyda tennis federatsiyasi bosh kotibi Iroda Toʻlanganova va erkaklar terma jamoasi sardori Farrux Doʻstov ishtirokida anʼanaviy mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
JTI&STI program Maktab tennis tashabbusi dasturini hududlarda taqdim etish yaxshi anʼanaga aylandi. Yosh tennischilar oʻzbek tennisi yulduzlari bilan mashq qilish va taʼlim-tarbiya olish imkoniga ega boʻlgan bunday tadbirlarga alohida ehtirom bilan qarashadi.
Bunday tadbirlar mamlakatimizda tennis bilan shugʻullanuvchi bolalar sonini koʻpaytirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Mahorat darsida 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda tennis faxriylari ishtirok etdi.
Mahorat darsidan so’ng sportchilar avtograf va fotosessiya o’tkazib, yosh tennischilarga o’z maslahat va ko’rsatmalarini berdi.
Shuningdek, tennis federatsiyasi Navoiy shahridagi stadionga barcha zarur tennis anjomlarini sovgʻa sifatida taqdim etdi.
Mahorat darsini oʻzbek tennisi yulduzlari hamda Navoiy shahri murabbiysi:
Iroda To’laganova
Farrux Doʻstov
Oʻzbekistonda JTI&STI dasturining seleksioneri va muvofiqlashtiruvchisi.
Shuhrat Qayumov;
TFOda sport bo’yicha menejer:
Sarvar Ikromov;
Federatsiyaning matbuot kotibi;
Viktoriya Karmenova
Navoiy shahri murabbiyi:
Tursunov Sokin
Ravshanov Shohrux
Joniyev Nisor
Sport maktabi direktorining samimiy qabuli va tashkilotdagi koʻmagingiz uchun minnatdormiz
Oʻtayev Gʻulom
Direktor o’rinbosari
Turdiyev Jasura va
sport boshqarmasidan Narziyeva Shahlo Pardayevna.