Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan chellenj g‘oliblari taqdirlandi
Joriy yilning 13 aprel kunidan 1 may kuniga qadar Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat aholisini karantin davrida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, eng muhimi uyda qolgan holda oilaviy sport bilan shug‘ullanishlarini targ‘ib etish maqsadida #BIZ OILAMIZ BILAN UYDA QOLIB! #BARChANI SPORT BILAN ShUG‘ULLANIShGA ChORLAYMIZ! sport chellenji e’lon qilingan edi.
Tanlov davomida olti mingga yaqin sirdaryoliklar qamrab olinib, ular tomonidan 900 ga yaqin oilaviy sport bilan shug‘ullanayotganliklari aks etirilgan videoroliklar taqdim etildi.
Maxsus hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlovda Mirzaobod tumanidan Mavlonjonovlar oilasi g‘olib deb topildi. 2-o‘rin Shirin shahridan Amankulovlar oilasiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Sayxunobod tumanidan Alimjonovlar oilasi qo‘lga kiritdi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg’alar va sport anjomlari bilan taqdirlandi.
