#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji gʻoliblariga sovgʻalar yetkazildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasl 1-turi gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi.

Eslatib oʻtamiz, chellenjning ikkinchi fasli uchun kelgan mingdan ortiq videomateriallar orasida 1-oʻringa Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Uzakbergenovlar oilasi loyiq koʻrilgandi.

Tanlovda 2-oʻringa Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi Xotamqulovlar oilasi tomonidan taqdim etilgan videorolik sazovor boʻldi.

Aziz yurtdoshlar, #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji 10-mayga qadar davom etadi. Shunday ekan, sizda ham tanlovda ishtirok etib, qimmatbaho sovgʻalar yutib olish imkoniyati bor. Uyda qoling, sport bilan shugʻullaning va chellenjda qatnashib, gʻolib boʻling!

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта — www.minsport.uz