Shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati qoidalari bilan tanishmisiz?
Musobaqa qoidalari: turnir onlayn tarzda, shveysarcha tizimda Chess.com oʻyin platformasida (turlar soni roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar soniga qarab belgilanadi va keyinchalik eʼlon qilinadi). Vaqt nazorati: (3 + 1) barcha ishtirokchilarga oʻyin tugaguniga qadar har bir yurish uchun 3 daqiqa + 1 soniya taqdim etiladi. Musobaqada shaxmat ixlosmandlari – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. FIDE ID va FIDE ELO reytingini koʻrsating.
FIDE ELO ishtirokchisining reytingi 2100dan oshmasligi kerak. Musobaqada ishtirok etishingiz uchun siz talablarga muvofiq, chess.com oʻyin veb-saytidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” shaxmat klubiga aʼzo boʻlishingiz kerak.
Shu bilan birga, musobaqaning har bir ishtirokchisi chess.com saytida oʻz ismi va familiyasiga mos keladigan rasmiy loginga ega boʻlishi lozim.
Muhim eslatma: roʻyxatdan oʻtgan dastlabki 1000 (ming) nafar ishtirokchiga musobaqada(hamkor platformalarining belgilangan chegarasi bilan bogʻliq) qatnashish huquqi beriladi.
FIDE ID – FIDE kodi oʻyinchining doimiy shaxsiy raqami (ID) va qaysi turnirda (klassik, rapid, blis) ishtirok etishidan qatʼiy nazar, uning indentifikatori oʻzgarmaydi.
FIDE ELO – ELO reyting ELO reyting tizimi, ELO koyeffitsiyenti – ikkita oʻyinchi ishtirok etadigan oʻyinlarda (masalan, segi, go yoki shaxmat) oʻyinchilarning nisbiy kuchini hisoblash usuli.
Hurmatli musobaqa ishtirokchilari! Onlayn shaxmat musobaqasini OAV, xususan TVda keng yoritish maqsadida sizlardan uy sharoitida musobaqada ishtirok etayotgan holatlaringiz aks etgan foto va videolavhalarni telegram messenjeri orqali quyidagi raqamga yuborishlaringizni soʻraymiz: +99893 394-54-86
Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта — www.minsport.uz
