Shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining navbatdagi gʻolibi ham Qashqadaryo viloyatidan

Shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining 17-may kungi bahslari ham murosasiz kechdi.

Eʼtiborli tarafi, chempionat yakuniga yetib borgan sari musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortib bormoqda. chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga koʻra yettinchi turnirda bosh sovrin 22 yoshli Xusanov Bekzodga nasib etdi.

Biz Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan Bekzod Xusanovni shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati yettinchi turniridagi gʻalabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli gʻalabaga erishishlarini tilab qolamiz.

Eslatib oʻtamiz, shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati 20-mayga qadar davom etadi. Sizda gʻolib boʻlish imkoni bor, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!