Sirdaryodagi “Koʻngilli sportchilar” guruhi faoliyati TV nigohida

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilishi natijasida aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetgandi.

Baxtsiz hodisa yetkazgan talofatlar oqibatlarini bartaraf etish yoʻlida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida mahalliy aholi bilan birgalikda respublikamizning turli hududlaridan kelgan koʻngillilar tun-u kun ish olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 200 nafardan ortiq sportchi va trenerlardan tashkil topgan “Koʻngilli sportchilar” guruhi aholi turar joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tiklash ustida mehnat qilib kelishmoqda.

Mazkur jarayon voqea joyida faoliyat olib borayotgan “Oʻzbekiston-24” telekanali muxbirlarining ham eʼtiboridan chetda qolmadi. Quyida “Koʻngilli sportchilar” guruhi faoliyati aks etgan videolavhani tomosha qiling.

“Koʻngilli sportchilar” guruhi Sardoba fojiasi oqibatlarini bartaraf etish ishlarida koʻmaklashishda davom etmoqda.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта — www.minsport.uz