Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Komiljon Eshpoʻlatovich Adilov 34 yoshga toʻldi.

Komiljon Adilov 1986-yil 8-may kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida ziyoli xonadonida dunyoga kelgan. Maktabni aʼlo baholarga tugatib, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. Keyinchalik ushbu oliygohning magistratura yoʻnalishini ham tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 2-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida karate toʻgaragi murabbiysi sifatida boshlagan. 2008-yildan eʼtiboran, Toshkent tumani “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Yoshlar ijtimoiy xizmatlar markazi” rahbari, 2009-yildan Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent tumani boʻlimi Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2010-yildan 2020-yilga Toshkent viloyati, Zangiota tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori, shuningdek, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi vitse prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Hozirgi kunda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining boshligʻi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Komiljon Adilovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilab qoladi.

Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта — www.minsport.uz