Vazir Buxorodagi sport inshootlarining tabiat hodisasidan keyingi holati bilan tanishdi
Xabaringiz bor, joriy yil 27-aprel kuni mamlakatimizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelishi natijasida respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi aholi uy-joylari hamda yirik infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Buxoro viloyatiga xizmat safari chogʻida vazirlik tizimidagi sport inshootlarining hozirgi holati bilan yaqindan tanishdi.
D.Nabiyev Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda hududdagi sport obyektlarida boʻldi. Shu yerning oʻzida vazir tomonidan kuchli shamol natijasida zarar koʻrgan binolar koʻzdan kechirilib, talofatning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Karantin davri tugashi bilan mazkur inshootlarda yana sport mashgʻulotlari va musobaqalar oʻtkazilishi boshlanadi. Shu bois tabiiy ofat natijasida zarar koʻrgan binolar holati toʻliq oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan qayta rekonstruksiya ishlari boshlab
Источник: официальный сайт Министерства физической культуры и спорта — www.minsport.uz
