Amir Milushev va Damir Abdusamadov Astana shahridagi nufuzli ITF M15 turnirining juftlik finaliga chiqishdi

Astana shahrida ITF World Tennis Tour M15 toifasidagi President’s Cup turniri yakunlandi. Ushbu nufuzli musobaqada turli mamlakatlardan kuchli tennischilar ishtirok etdi. O‘zbekiston uchun turnir yorqin voqea bo‘ldi — vakilimiz Amir Milushev hamyurtimiz Damir Abdusamadov bilan birga juftlik bahslarining final bosqichiga chiqdi.
Final sari yo‘lda o‘zbekistonlik juftlik qat’iyat va g‘alabaga bo‘lgan iroda namunasini ko‘rsatdi. Yarim finalda Milushev va Abdusamadov rossiyalik kuchli duet Ruslan Tiukaev va Maksim Jukovni 3–6, 6–4, [10–8] hisobida mag‘lub etishdi. Hal qiluvchi bellashuvda esa ular malayziyalik Mitsuki Wei Kang Leong va chexiyalik Dominik Palanga qarshi bahs olib borib, 6–0, 6–2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Finaldagi mag‘lubiyatga qaramay, Amir Milushev va Damir Abdusamadovning M15 toifasidagi xalqaro turnir finaliga chiqishi — muhim yutuq va ularning professional o‘sishini tasdiqlovchi dalildir. Bunday natijalar o‘zbek tennischilarining jahon sahnasidagi mavqeini mustahkamlab, kelajakdagi g‘alabalarga yetaklovchi muhim qadamdir.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati