Yangiliklar
Mayk Barrell ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi Toshkentda tennisni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert Mayk Barrell ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar tennisini rivojlantirish, yosh sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish va zamonaviy o‘quv usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Mayk Barrell xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashib, bolalarni tennisga jalb etish va ularning sportdagi […]
World Tennis M15 Pepsi Cup: yakkalik bahslari chempioni aniqlandi! Farg‘onada o‘tkazilgan World Tennis M15 Pepsi Cup turnirining ikkinchi haftasi yakkalik bahslari finalida Dmitriy Bessonov Digvijay Pratap Singhni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Turnirning bosh homiylari — Pepsi va Hayot Bank.
🏆 Farg‘onada o‘tkazilgan M15 Pepsi Cup turnirining juftlik bahslarida g‘oliblar aniqlandi! Chexiyalik Jan Hrazdil va hindistonlik Aryan Lakshmanan finalda rossiyalik Dmitry Bessonov va Roman Kharlamov juftligini 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar va finalchilarni tabriklaymiz!
Prezident Olimpiadasi doirasidagi tennis musobaqalarining barcha yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. O‘g‘il bolalar yakkaligi 🥇 S. Farxodov — Qashqadaryo 🥈 A. Ziyatov — Namangan 🥉 A. Dogovorov — Toshkent shahri 🥉 A. Axatov — Buxoro O‘g‘il bolalar juftligi 🥇 S. Farxodov / D. Zakirov — Qashqadaryo 🥈 A. Ziyatov / M. Zinatullin — Namangan […]
Iroda To‘laganova Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Iroda To‘laganova o‘zining professional faoliyati davomida xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishgan. U WTA reytingida yakkalik bahslari bo‘yicha dunyoning 16-raketkasi darajasiga ko‘tarilgan va O‘zbekiston tennisining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgan. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyatida yosh iste’dodli sportchilarni aniqlash, ularni professional tennisga tayyorlash, […]
Prezident Olimpiadasi-2026 doirasida tennis musobaqalari boshlandi! Musobaqalarda O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari ishtirok etmoqda. Bellashuvlar Olimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tmoqda. Bugun yakkalik bahslarida yarim finalchilar, juftlik va aralash juftlik bahslarida esa chorak finalchilar aniqlandi.
Farg‘onada «M15 Pepsi Cup» turnirining ilk haftasi yakunlandi Farg‘onada ITF World Tennis Tour doirasida o‘tkazilgan «M15 Pepsi Cup» xalqaro turnirining ilk haftasi g‘olib va finalchilarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Yakkalik bahslari finalida Aristarkh Safonov Hindiston vakili Digvijay Pratap Singhni 7:6(4), 6:7(5), 6:2 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi. Juftlik bahslari finalida Jan Hrazdil va […]
Farg‘onada World Tennis M15 Pepsi Cup turniri doirasida Bolalar kuni tashkil etildi Tennisni bolalar o‘rtasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi. Ularda Farg‘onada tennis bilan shug‘ullanayotgan yosh sportchilar ham ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston terma jamoalarining tajribali murabbiylari olib borib, bolalar bilan o‘z bilim va tajribalarini bo‘lishdi. Bolalar kuni uchun turnir homiysi Pepsi […]
🏆🇺🇿 Chempionlik muborak! Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Guanchjou shahrida o‘tkazilgan WTA 250 toifasidagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘ldilar! Finalda ular Xitoy Taypeyi vakillari I-Hsuan Cho va Yi-Tsen Cho juftligini 7:5, 7:6(1) hisobida mag‘lub etishdi. Polina va Mariyani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! Bu g‘alaba — yuksak mahorat, matonat va hamjihatlikning yorqin namunasidir. […]
Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva – finalda! O‘zbekiston vakillari Guanchjouda (Xitoy) o‘tayotgan Guangzhou Open WTA 250 turnirining juftlik bahslarida finalga yo‘l olishdi. Yarim finalda ular indoneziyalik Janice Tjen va amerikalik Venus Williams juftligini 6:4, 6:7 (8:10), 10:6 hisobida mag‘lub etishdi. Tjen juftlik reytingida 38-o‘rinda, Williams esa 204-o‘rinda turadi. Finalda Kudermetova va Timofeyeva tayvanlik I-Hsuan […]
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi Botir Rahimov rahbarligida federatsiya xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-347-sonli “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mamlakatimizda tennisni yanada rivojlantirish, […]
Yosh tennischilarimiz Dushanbeda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi Tojikiston poytaxtida o‘tkazilgan ATF Dushanbe 14&U Category 2 turnirida O‘zbekiston vakillari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Yakkalik bahslarida Mari Troshkova uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qozog‘iston vakili Yuna Dektyarni 4/2, 4/2 hisobida mag‘lub etdi. Juftlik bahslarida Milana Zaxarova rossiyalik Sofiya Xammelreyx bilan birgalikda turnir g‘olibiga aylandi. Ular finalda Qozog‘iston […]
