Andijonda ATF 14&Under xalqaro tennis turnirining bo’lib o’tdi

Andijon shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha ATF 14&Under yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnirining hal qiluvchi final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik final bellashuvlari sarhisobiga ko’ra qizlar o‘rtasida Ailin Bakieva Mumtozabegim Akramovani 6-4, 6-3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Juftliklar o’rtasida kechgan musobaqada qzlar bahsida Mumtozabegim Akramova,Yuliana Yen bilan birgalikda Ekaterina Fomina va Laylo Tuxtamisheva duetini 6-2, 6-1 hisobida ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Eunjun Choi va Eunho Choi juftligi Alikhan Temirbayev, Artyom Dogovorov juftligi ustidan g‘alabaga erishdi.

Final bahsida O‘zbekiston vakili Azamjon Ziyatov koreyalik raqibi Choi Eunhonini 7-5, 6-2 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

Yakuniy natijalar:
1-o‘rin – Azamjon Ziyatov
2-o‘rin – Choi Eunhoni
3-o‘rin – Artem Dogovorov

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati