Namanganda ATF 14&U turniri g‘oliblari aniqlandi.

23–26 sentabr kunlari Namangan shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli yosh tennischilarini jamlagan xalqaro ATF 14&U Andijan turniri bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik finallari
• O‘g‘il bolalar orasida
Saidaslom Farhodov Azamjon Ziyatovni 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.
• Qizlar orasida
Mumtozbegim Akramova Yuliana Ennni 6:1, 6:2 hisobida yengdi.

Juftlik finallari
• O‘g‘il bolalar orasida
O‘zbekiston vakili Artyom Dogovorov va Qozog‘istonlik Alixan Temirbayev murosasiz bahsda o‘zbekistonlik juftlik Ismoiljon Tursunov va Saidaslom Farhodovni 6:4, 5:7, [10–8] hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
• Qizlar orasida
O‘zbekistonlik Mumtozbegim Akramova va Yuliana En finalda Qozog‘istondan Mariya Akatova va o‘zbekistonlik Kseniya Balova duetini 6:1, 6:1 hisobida yengib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

ATF 14&U Andijan turniri O‘zbekistonda yoshlar tennisi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega: u Osiyo tennis federatsiyasining rasmiy taqvimiga kiritilgan bo‘lib, yosh sportchilarga xalqaro reyting ochkolari yig‘ish, kuchli raqiblar bilan tajriba orttirish va barqarorlikni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

Shuningdek, mamlakatimizda bunday musobaqalarni o‘tkazish o‘zbek tennischilarining tayyorgarlik darajasini namoyish qilish bilan birga, yurtimizni nufuzli turnirlar maydoniga aylantirish, tennisga bolalar va ota-onalar orasida qiziqishni oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati.