Toshkentda xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent boshlandi

20–26-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasi kortlarida xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqa ITF World Tennis Tour seriyasiga kiradi.

19-oktabrdan boshlab saralash bahslari start oldi. Ularning yakuniga ko‘ra, turnirning asosiy to‘rida ishtirok etuvchi tennischilar aniqlanadi. Turnirning asosiy bosqichi 21-oktabr kuni boshlanadi va unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar reyting ochkolari hamda mukofot jamg‘armasi uchun bahs olib borishadi.

ITF W15 Tashkent turniri an’anaviy tarzda yosh sportchilar uchun muhim maydoncha hisoblanadi — u nafaqat dunyo reytingida o‘rin egallash, balki xalqaro tajriba to‘plash imkonini ham beradi.

Turnir O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi tomonidan Xalqaro Tennis Federatsiyasi (ITF) ko‘magida tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati