Andijon viloyati — O‘zbekiston kubogi 2025 g‘olibi!

13–17-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida mamlakatning eng kuchli tennischilarini birlashtirgan O‘zbekiston kubogi–2025 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Andijon viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogi–2025 chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Finalda andijonliklar Toshkent viloyatini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi, yarim finalda esa Farg‘ona viloyati jamoasidan ustun kelishdi — 2:1.

Andijon viloyati

• Mariya Maslyakova — Gulsina Xalimulinani (Toshkent vil.) 6:0, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
• Sardor Ergashev — Suxrob Saidov ustidan 7:5, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
• Mikst bahsida: Mariya Maslyakova va Bobirmirzo Yoqujonov dueti Gulsina Xalimulina va Suxrob Saidov juftligini 6:0, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Toshkent viloyati

Kubok vitse-chempionlari barqaror o‘yin ko‘rsatib, finalgacha yetib kelishdi. Yarim finalda ular Namangan viloyatini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritdi — ular Namangan viloyatini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Eng yaxshi natijani Shahrinoz Muhammadova va Hasan Umurzakov ko‘rsatishdi, ular yakka bahslarda o‘z raqiblarini mag‘lub etishdi.

Musobaqa tennis mavsumining yorqin yakuniga aylandi va mamlakatdagi mintaqaviy tennis maktablarining yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etdi.

Andijon viloyati jamoasining g‘alabasi — bu tizimli tayyorgarlik, jamoaviy ruh va fidoyilikning yorqin namunasi bo‘lib, yosh tennischilarimizning milliy arenada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga zamin yaratmoqda.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati