ITF W15 Tashkent turnirining eng yosh ishtirokchisi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva
Toshkentda o‘tkazilayotgan xalqaro ayollar tennis turniri ITF W15 Tashkent musobaqasining eng yosh ishtirokchisi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva, endilikda u O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Yosh sportchi 2010-yil 25-iyulda tug‘ilgan bo‘lib, hozirdanoq nafaqat yoshlar, balki kattalar o‘rtasidagi turnirlarda ham ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Aleksandra 2025-yilda kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘z debyutini amalga oshirgan.
Uning ITF W15 Tashkent turniridagi ishtiroki — sport faoliyatidagi muhim bosqich bo‘lib, Toshkentning butun dunyodan yosh va istiqbolli tennischilar uchun o‘sish maydonchasiga aylanayotganining yaqqol tasdig‘idir.
O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati
