O‘zbekistonlik tennischilar ITF J60 Baku turnirida muvaffaqiyat qozonishdi

2025-yil 20–26-oktabr kunlari Boku, Ozarbayjon shahrida o‘tkazilayotgan ITF World Tennis Tour Juniors J60 Baku xalqaro o‘smirlar turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi ajoyib natijalarni qayd etib, mamlakatimiz sportchilari tayyorgarligining yuqori darajasini yana bir bor tasdiqladi.

Juftlik bahslarida g‘alaba

O‘zbekistonlik duet — Danila Kvasov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida g‘alaba qozonib, turnir chempionlari bo‘lishdi. Ular finalda Rossiya va Qozog‘iston vakillari — Aleksey Ilin (Rossiya) va Jantore Sanzharuli (Qozog‘iston) duetini 6–2, 3–6, 11–9 hisobida mag‘lub etishdi.

Chempionlik sari yo‘lda Kvasov va Toshmuhamedov ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Belarus, Rossiya va Qozog‘iston vakillaridan iborat juftliklarni mag‘lub etishdi. Ayniqsa, yarim finalda ular Ivan Matveyev (Rossiya) va Amir Safaev (O‘zbekiston) duetini 4–6, 7–5, 14–12 hisobida yengib, kuchli irodaviy g‘alabaga erishishdi.

Yakkalik bahslarida muvaffaqiyat

Yakkalik bahslarida ham Danila Kvasov o‘zining barqaror o‘yinini namoyish etib, finalga qadar yetib bordi. U yarim finalda vatandoshi Mahmudbek Beknazarovni 6–4, 6–5 (rad etish) hisobida mag‘lub etdi.

Finalda Kvasov juftlik bahslaridagi raqibi Aleksey Ilin (Rossiya) bilan kuch sinashadi.

Bokudagi bu g‘alabalar O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar tennisi rivoji yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasi bo‘ldi. Yosh sportchilarimiz xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishish orqali o‘z salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati