O‘zbekistonlik tennischilar ITF W15 Tashkent turnirining juftlik bahslarida chorak finalga chiqishdi

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida 2025-yil 27-oktabrdan 2-noyabrgacha bo‘lib o‘tayotgan ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turniri davom etmoqda. Musobaqa Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamkorligida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

O‘zbekistonlik tennischilar Nigina Alimova va Maftunabonu Qahramonova turnirning juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l olishdi.
Ular Darya Shubina (O‘zbekiston) va Anastasiya Krimkova (Qozog‘iston) duetini 4–6, 6–2, [10–5] hisobida mag‘lub etishdi.

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati