Sergey Fomin Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan ITF M25 turnirining yarim final bosqichiga chiqdi
Xitoyning Qian’daxu shahrida ITF M25 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Fomin chorak final bosqichida turnirning sakkizinchi raqamli tennischisi — malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong ustidan g‘alaba qozondi. Birinchi setni 0:6 hisobida boy berganiga qaramay, Sergey o‘yinga qayta kirishib, 6:2, 7:6(3) hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ertaga o‘zbekistonlik tennischi yarim finalda turnirning birinchi raketkasi, dunyoning 251-raqamli o‘yinchisi — xitoylik San Fay Jing bilan kuch sinashadi.
Fomin va San o‘rtasidagi final yo‘llanmasi uchun bahs ertaga soat 07:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
