Polina Kudermetovaning Australian Open turniridagi ikkinchi bosqichi sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Australian Open turniridagi ishtirokini davom ettiradi va 21-yanvar kuni ikkinchi bosqichni o’tkazadi.

 

Polinaning raqibasi Daniya vakilasi Klara Tauson, jahon reytingida 14-o‘rin sohibasi. Birinchi davrada Tauson vengriyalik tennischi Dalma Galfini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

 

Polina Kudermetova va Klara Tauson o‘rtasidagi uchrashuv taxminan Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, Melbourne Park majmuasining 6-kortida, turnirning asosiy setkasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichida Polina Kudermetova ispaniyalik tennischi Guiomar Maristani Zuleta de Realesni 6–2, 6–3 hisobida mag‘lub etib, “Katta Dubulg‘a” turnirida ishonchli g‘alaba bilan start olgan edi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati