Kamilla Rahimova Australian Open’ning juftlik bahslarida muvaffaqiyatli start oldi

Birinchi davra uchrashuvida Kamilla Rahimova rossiyalik Anna Blinkova bilan juftlikda Xitoy vakillalari Hao-Ching Chan va Sinyu Jiang duetiga qarshi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bahs juda keskin kechdi va 2 soat 42 daqiqa davom etdi. Uchrashuv 3–6, 7–5, 7–6 (10) hisobi bilan Rahimova va Blinkova foydasiga yakunlandi.

 

Birinchi setni boy bergan o‘zbek-rus dueti uchrashuv borishini o‘z foydasiga o‘zgartira oldi, ikkinchi set yakunini ishonch bilan o‘tkazdi va hal qiluvchi super tay-brekda raqibalarni taslim etdi. Ushbu g‘alaba Kamilla Rahimovaga Australian Open juftlik bahslarining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati