Humoyun Sultonov Jahra shahridagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi

Quvaytning Jahra shahrida M15 toifasidagi tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda.

 

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Sportchi 1/16 final bosqichida Turkiya vakili Koray Kirchi bilan kortga chiqdi. Birinchi set Sultonov foydasiga 6–1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi setda esa Koray uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu paytga kelib Humoyun 4–1 hisobida oldinda borayotgan edi. Shu tariqa, Sultonov turnirning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati