Saidaslam Farhodov Fransiyadagi nufuzli yoshi kichiklar turnirida yetakchilardan birini mag‘lub etdi
Fransiyada o‘tayotgan 44ème Petits As Le Mondial Wilson turnirida o‘zbekistonlik tennischi Saidaslam Farhodov 14 yoshgacha bo‘lgan Fransiyaning eng kuchli tennischilaridan birini 6–4, 4–6, 6–2 hisobida mag‘lub etdi.
Farhodov uchrashuvni ishonch bilan boshladi va birinchi setni yutdi, ikkinchi setda teng kurashda imkoniyatni boy berdi, hal qiluvchi setda esa o‘yinning borishini o‘z foydasiga burib, bahsni g‘alaba bilan yakunladi. Ushbu natija O‘zbekiston vakilining yuqori tayyorgarligi va ishonchli o‘yinini yaqqol tasdiqladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
