Humoyun Sultonov Kuvaytdagi turnirda yakkalik bahslarida yarim finalga, juftlikda esa finalga chiqdi

Kuvaytning Jahra shahrida ITF M15 seriyasiga kiruvchi erkaklar turniri davom etmoqda.

 

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvini ishonchli o‘tkazib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Eng kuchlilar safiga chiqish uchun kechgan bahsda Sultonov Ruminiya vakili Robert Gunu ustidan 6–3, 6–4 hisobida g‘alaba qozondi va uchrashuv davomida barqaror o‘yin namoyish etdi.

 

Humoyun Sultonov turnirning juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, fransuz tennischi Konstantin Bittun Kuzmin bilan birga finalga chiqdi va chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Juftlik bahslarining yarim finalida ular Monako–Rossiya tandemi Rokko Piatti va Daniil Sarksianni 7–6, 6–1 hisobida mag‘lub etishdi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati