Keyra Kim Katmandudagi ITF J60 turniri finaliga chiqdi

O‘zbekiston vakilasi Keyra Kim Nepalda o‘tayotgan ITF J60 Kathmandu xalqaro o‘smirlar turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.

 

Yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi Hindiston vakilasi Shaivi Gaurav Dalal ustidan irodali g‘alabaga erishdi — 3–6, 6–4, 6–0. Final bahsida Keyra Kim Janubiy Koreya vakilasi Sohyon Kimga qarshi kortga chiqadi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati