Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tayotgan ITF M15 juftlik turniri finalchisi bo‘ldi

Juftlik bahslarining finalida o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov fransiyalik Konstantin Bittun Kuzmin bilan juftlikda Turkiya vakillari Mert Ozdemir va Mert Naci Turkerga qarshi bahs olib bordi. Keskin kechgan uchrashuv uch set davom etdi va 5–7, 6–4, 6–10 hisobida yakunlandi.

 

Humoyun g‘alabaga juda yaqin bo‘ldi, u setlar hisobini tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq hal qiluvchi chempionlik tay-brekida omad raqiblar tomonida bo‘ldi.

 

 

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi matbuot xizmati