Mariya Timofeyeva Merida shahrida o‘tayotgan WTA 500 turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva Meksikaning Yukatan shtati Merida shahrida o‘tayotgan WTA 500 toifasidagi turnirning asosiy to‘riga chiqdi.

 

Mariya asosiy to‘rga chiqish uchun hal qiluvchi bahsda g‘alaba qozondi. U yana bir argentinalik tennischi Mariya Lourdes Karleni ikki setda bir xil hisobda mag‘lub etdi — 6-3, 6-3.

 

Asosiy to‘rning birinchi davrasida Mariya Timofeyeva polshalik tennischi Magdalena Frexga qarshi kortga chiqadi. Frex hozirda jahon reytingida 57-o‘rinni egallab turibdi. Timofeyeva — Frex uchrashuvi bizning vaqt bilan ertaga soat 21:00da boshlanadi.

 

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati