Kamilla Rahimova AQShdagi ATX Open turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi
O‘zbekiston vakilasi Kamilla Rahimova AQShning Texas shtatida o‘tayotgan WTA 250 toifasidagi ATX Open turnirida muvaffaqiyatli start oldi.
Birinchi davra uchrashuvida o‘zbekistonlik tennischi musobaqaning oltinchi raqam ostida saralangan vakili vengriyalik Anna Bondarni 6-3, 7-5 hisobida ishonchli mag‘lub etdi.
Rahimova barqaror o‘yin namoyish etdi, muhim pallalarda imkoniyatlardan unumli foydalandi va uchrashuvni ikki setda yakunlab, yuqori tayyorgarlik darajasini tasdiqladi. Chorak final yo‘llanmasi uchun Kamilla Rahimova rossiyalik tennischi Oksana Selexmeteva bilan kortga chiqadi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
