Live Stream Tennis

O‘zbekiston jamoasi final bosqichiga yo‘llanma oldi!

Vetnamda o‘tkazilayotgan ITF World Junior Tennis Competition (Asia/Oceania Pre-Qualifying) jamoaviy turnirida 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va musobaqa finaliga qadar yetib bordi.

 

Hal qiluvchi uchrashuvda jamoamiz Vetnam terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

 

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi hamda Malayziyaning Kuching shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Yosh sportchilarimiz va murabbiylarni ushbu natija bilan tabriklaymiz hamda final bosqichida ularga omad tilaymiz!

 

Olg‘a, O‘zbekiston! 🎾

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati