Live Stream Tennis

Tennischi Nikita Belozertsev xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Nikita Belozertsev endilikda O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qiladi hamda xalqaro turnirlarda mamlakatimiz bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Iqtidorli tennischi o‘z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o‘smirlar o‘rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda u ITF o‘smirlar jahon reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Avval ham sportchi xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib, ITF o‘smirlar reytingida yetakchilar qatoridan joy olgan.

Hozirgi kunda Nikita Belozertsev Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turnirlarida ishtirok etmoqda, shuningdek ATP seriyasidagi musobaqalarda ham O‘zbekiston nomidan qatnashmoqda.

Nikita Belozertsevning terma jamoaga qo‘shilishi O‘zbekiston tennisining xalqaro maydondagi salohiyatini yanada oshiradi.

 

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati