Sergey Fomin – ATP Challenger 50 Shymkent turniri chempioni!
Final bahsida u turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi Timofey Skatovni ishonchli tarzda mag‘lub etdi — 6:3, 7:5.
Sergey avval ham Shymkentda g‘olib bo‘lgan,
bugun esa yana bu turnirni zabt etib, o‘z darajasini yana bir bor tasdiqladi.
Olg‘a, Sergey! Olg‘a, O‘zbekiston!
