Live Stream Tennis

ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirida Danila Kvasov va Akmal Abdullayev juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.

Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirida O‘zbekiston vakillari — Danila Kvasov va Akmal Abdullaev juftlik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tennischilarimiz turnir davomida ishonchli o‘yin namoyish etib, finalda ham ustunlikni saqlab qolishdi va chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Mazkur muvaffaqiyatda jamoa murabbiyi Aleksey Nomozovning hissasi katta bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoasini ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi startlarda omad tilaymiz!