Qozog‘istonning Chimkent shahrida Billie Jean King Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying turniri bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 11–23 may kunlari tennis bo‘yicha Billie Jean King Cup Juniors hamda Davis Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoalari ham ishtirok etadi va Osiyo hamda Okeaniyaning kuchli jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Billie Jean King Cup Juniors musobaqasi 11–16 may kunlari, Davis Cup Juniors esa 18–23 may kunlari tashkil etiladi.

Terma jamoalarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!