Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida O‘zbekiston terma jamoasining Billie Jean King Cup musobaqasiga saralash bahslari yakunlandi.
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida O‘zbekiston terma jamoasining Billie Jean King Cup musobaqasiga saralash bahslari yakunlandi.
Saralashda 8 nafar tennischi ishtirok etib, ular milliy terma jamoadan o‘rin va O‘zbekistonni xalqaro maydonda himoya qilish huquqi uchun kurash olib borishdi.
Shiddatli va qiziqarli uchrashuvlar natijasida turnirning eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi:
1-o‘rin – Nigina Alimova
2-o‘rin – Fotima Mahmudova
3-o‘rin – Keyra Kim
4-o‘rin – Maftunabonu Qahramonova
5-o‘rin – Nasiba Yespolova
Butun saralash davomida sportchilar har bir o‘yinda yuqori darajadagi o‘yin va kurashni namoyish etishdi. Kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz
