Billie Jean King Cup: O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani Shri-Lankaga qarshi boshlaydi

Billie Jean King Cup: O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani Shri-Lankaga qarshi boshlaydi

15–21 iyun kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Billie Jean King Cup by Gainbridge musobaqasining Osiyo/Okeaniya mintaqasi II guruhi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi B guruhidan joy oldi. Guruhdagi raqiblar — Malayziya, Xitoy Taypeyi, Laos va Shri-Lanka terma jamoalari.

15 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini Shri-Lanka jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mamlakatimiz sharafini musobaqada Sevil Yuldasheva, Nigina Allimova, Fotima Mahmudova va Keira Kim himoya qiladi. Jamoa sardori — Akgul Amanmuradova.

Terma jamoamizga bo‘lajak uchrashuvlarda omad, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz!