Toshkentda 12 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF G2 turniri yakunlandi

Toshkentda 12 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF G2 turniri yakunlandi

Toshkent shahrida 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi ATF G2 toifasidagi xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari:

O‘g‘il bolalar, yakkalik:
🥇 Andrey Vaxidov (O‘zbekiston)
🥈 Muhammad Gill (Pokiston)

Qizlar, yakkalik:
🥇 Liliya Nurmaganbetova (Qozog‘iston)
🥈 Aizere Almakhan (Qozog‘iston)

O‘g‘il bolalar, juftlik:
🥇 Alimkhan Umedov (O‘zbekiston) / Muhammad Gill (Pokiston)
🥈 Andrey Vaxidov (O‘zbekiston) / Rafael Manarbek (Qozog‘iston)

Qizlar, juftlik:
🥇 Sofiya Zhulusheva / Aizere Almakhan (Qozog‘iston)
🥈 Anna Ovsepyan / Mari Troshkova (O‘zbekiston)

Turnir davomida yosh tennischilar yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qildi hamda xalqaro maydonda qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib bordi.