O‘zbekistonning uch nafar tennischisi Wimbledon asosiy to‘rida ishtirok etadi
O‘zbekistonning uch nafar tennischisi Wimbledon asosiy to‘rida ishtirok etadi!
Joriy yilda Wimbledon turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari asosiy to‘rida O‘zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladi.
Kamilla Raximova reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rga yo‘l oldi.
Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva esa saralash bosqichida ketma-ket uchta g‘alaba qozonib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston ayollar tennisi uchun muhim natija bo‘lib, dunyoning eng nufuzli turnirlaridan birida mamlakatimiz sharafini bir yo‘la uch nafar tennischi himoya qiladi.
Tennischilarimizga Wimbledon kortlarida omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
