Humoyun Sultonov Zagrebda chempion bo‘ldi

Humoyun Sultonov Zagrebda chempion bo‘ldi!

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Xorvatiyada o‘tkazilgan ITF M25 Zagreb turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz musobaqa davomida kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Chorak finalda u turnirning 4-raqamli saralangan tennischisi,
avstriyalik Sandru Korger ustidan g‘alaba qozondi.

Yarim finalda esa Humoyun turnirning 1-raqamli saralangan tennischisi, Shimoliy Makedoniya vakili Oleg Prixodkoni 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ta’kidlash joiz, Prixodko tajribali tennischi bo‘lib, ATP reytingida Humoyundan yuqoriroq o‘rinda turadi.

Final bahsida Sultonov yana bir Shimoliy Makedoniya vakili Kalin Ivanovskiga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

Tabriklaymiz, Humoyun!